KEMA HAYDOVChILARINING GUVOHNOMASI BOʻLIShI ShART
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-iyuldagi hamda 2021-yil 2-avgustdagi qarorlariga muvofiq, (kater, gidrotsikl, motorli qayiq va yelkanli (motorli) kema) – motorli kichik hajmli kemalarni boshqarish uchun kema haydovchisi guvohnomasiga ega boʻlish boʻlishi shart.
Kema haydovchisi guvohnomasi mavjud boʻlmaganda motorli kichik hajmli kemalarni boshqarish taʼqiqlanadi. Kema haydovchisi guvohnomasi mavjud boʻlmaganda motorli kichik hajmli kemani boshqarish Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga asosan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa – ikki baravari miqdorida jarima solishiga sabab boʻladi.
Kema haydovchisi guvohnomasini berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Motorli kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish (oʻqitish) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻquv dasturlariga muvofiq oʻqish davomiyligi quyidagicha:
kema haydovchilarini tayyorlash ― 72 soat (12 ish kuni);
kema haydovchilarini qayta tayyorlash ― 48 soat (8 ish kuni);
kema haydovchilarining malakasini oshirish ― 36 soat (6 ish kuni).
Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shartnoma asosida tashkil etiladi. Shartnoma toʻlovlari quyidagi miqdorda belgilanadi:
kema haydovchilarini tayyorlash ― BHMning besh baravari;
kema haydovchilarini qayta tayyorlash ― BHMning uch baravari;
kema haydovchilarining malakasini oshirish ― BHMning ikki baravari.

Sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga kema haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kursini tugatganligi toʻgʻrisida guvohnomalar hamda malaka oshirish kursini tugatganligi toʻgʻrisida sertifikat beriladi. Mazkur sertifikat kemalarni boshqarish huquqini bermaydi. Ushbu sertifikat bilan kema haydovchisi guvohnomasini olish uchun talabgorlar (doimiy roʻyxatdan oʻtgan manzillari boʻyicha) hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarida tashkil etilgan attestatsiya komissiyasiga nazariy va amaliy imtihonlar topshiradilar.
Nazariy imtihonlar uchun jami 300 tadan kam boʻlmagan test topshiriqlari va 100 tadan kam boʻlmagan nazariy savollar mavjud. Test sinovlari uchun har bir variant 15 ta topshiriqdan, suhbat uchun har bir bilet 3 ta savoldan iborat. Nazariy va amaliy imtihonlarni topshirgan talabgorlarga kemani boshqarish huquqini beruvchi kema haydovchisi guvohnomalari BHMning bir baravari miqdorida toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng attestatsiya kotibi tomonidan beriladi. Kema haydovchisi guvohnomalari berilgan kundan boshlab, oʻn yil muddat davomida amal qiladi.
Yuridik shaxslarga tegishli kichik hajmli kema haydovchilari ikki yilda bir marta belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlari asosida malaka oshirishlari shart.
Batafsil maʼlumotlar olish uchun telefon raqamlari: +998993513159
Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶