24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 19:27
Jamiyat 👁 248

OʻRTA TIBBIYoT MUTAXASSISLARI UChUN OʻZ-OʻZINI BAND QILIShNI TAShKILLAShTIRISh BOʻYIChA SEMINAR MAShGʻULOTLARI OʻTKAZILDI

OʻRTA TIBBIYoT MUTAXASSISLARI UChUN OʻZ-OʻZINI BAND QILIShNI TAShKILLAShTIRISh BOʻYIChA SEMINAR MAShGʻULOTLARI OʻTKAZILDI

Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan har bir Qaror va Farmonlar zamirida inson va uning qadr-qimmati, sogʻligʻi va farovon hayoti birinchi darajada turadi. Davlatimiz rahbarining 2021-yil 5-may kuni qabul qilingan “Sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi Farmoni ham yurtimizda aholiga koʻrsatiladigan tibbiy xizmat sifatini va qamrovini kengaytirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli.

Amudaryo tumanida ushbu Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda oʻrta tibbiyot mutaxassisligiga ega boʻlgan fuqarolarga oʻz-oʻzining bandligini taʼminlash boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatish yuzasidan seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.

1-fevral kuni tuman Madaniyat boʻlimida oʻtkazilgan ushbu seminar mashgʻulotida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Akmal Asqarov, Nukus Tibbiyot bilim yurti oʻqituvchisi Jadra Qadirboyeva, Nukus shahar Tibbiyot birlashmasi fizioterapiya boʻlimi mudiri Roza Qurbonboyeva, tuman prokurori Javlonbek Muftullayev, Tibbiyot birlashmasi boshligʻi Faxriddin Abdullayev, tuman Tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi va vaqtincha ishsiz boʻlgan oʻrta tibbiyot mutaxassislari ishtirok etdilar.

Soʻzga chiqqan masʼullar Farmonga koʻra 2021-yil 1-iyuldan boshlab hamshiralik ishi oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga kiritilgani, ularning ushbu xizmatlar bilan malakalarini oshirib borgan holda shugʻullanishlari belgilanganini taʼkidlashdi. Bu esa oʻz navbatida oʻrta tibbiyot xodimlarining bandligini taʼminlash bilan bir qatorda son jihatdan oʻsayotgan aholimizning tibbiy xizmatga boʻlgan ehtiyojini taʼminlashda, har bir inson tibbiyot xodimi nazoratida boʻlishiga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etishini alohida eʼtirof etishdi.

Taʼkidlanganidek, davlat tibbiyot muassasalari bilan bir qatorda nodavlat tibbiyot tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ularga yangi imkoniyatlar yaratish masalasi Farmonda oʻz aksini topgan. Unga koʻra 2021-yil 1-iyuldan boshlab nodavlat tibbiyot tashkilotlariga maxsus avtotransport vositasida tashkil etiladigan “mobil tibbiyot” xizmati yordamida joyiga chiqqan holda aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish, nodavlat tibbiyot tashkilotining oʻrta tibbiyot xodimlaridan iborat “tibbiy punkt”larini tashkil etishga ruxsat berildi.

Seminar mashgʻuloti davomida vaqtincha ishsiz boʻlgan oʻrta tibbiyot xodimlarini oʻz-oʻzini band qilish boʻyicha Farmonda belgilab berilgan chora-tadbirlar, kredit va subsidiya olish tartibi, ish staji yuritilishi, ishlash mexanizmi tushuntirib oʻtildi.

Undan tashqari, Nukus shahar Tibbiyot birlashmasi fizioterapiya boʻlimi mudiri Roza Qurbonboyeva fizioterapiya jihozlarini xarid qilish, ularni ishlatish boʻyicha batafsil maʼlumotlar berdi. Nukus Tibbiyot bilim yurti oʻqituvchisi Jadra Qadirboyeva esa koʻp yillar davomida ishsiz boʻlgan tibbiy xodimlarining malakasini oshirish, diplomlarini qayta tiklash boʻyicha huquqiy tushunchalar berib oʻtdi. Shu bilan bir qatorda malaka oshirish istagida boʻlgan tibbiyot xodimlari roʻyxati shakllantirildi.

Seminar mashgʻuloti ishtirokchilari masʼullarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, toʻliq javoblar oldilar.

L.Yangiboyeva, tuman Tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026