24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 19:25
Jamiyat 👁 187

QUM YoP MAHALLASI OBOD GOʻShAGA AYLANADI

QUM YoP MAHALLASI OBOD GOʻShAGA AYLANADI

Prezidentimizning bevosita tashabbusi va saʼy-harakatlari bilan hududlarning iqtisodiy-ijtimoiy infratuzilmasi rivojlanib, shahar va qishloqlarimiz zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Yurtimizning eng chekka hududlari ham oxirgi yillarda koʻrkamlashib, aholi uchun barcha zarur sharoitlarga ega fayzli va obod maskanlarga aylanib bormoqda.

Amudaryo tumanida ham chekka hududlardagi ovul va mahallalarda aholi turmush tarzini yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi mahallabay ishlash va kambagʻallikni qisqartirish hamda aholi bandligini taʼminlash boʻyicha 2022-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga bagʻishlangan kengaytirilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Mazkur yilda bu boradagi ezgu ishlarni tumanning olis hududi boʻlmish Qum yop mahallasida amalga oshirish rejaga kiritilgan.

28-yanvar kuni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida mahalla hududida boʻldi.

Tumandagi ijtimoiy muhiti qoniqarsiz deb topilgan Qum yop mahallasi hududida Qum yop, Qaragʻay, Jumabay sagʻa, Boʻz yop aholi punktlari mavjud. Aholi soni esa 4 ming 655 nafarni tashkil qilib, 710 ta xonadonlarda yashashadi. Shundan 2 ta oila “Temir daftar”da, 143 nafar yoshlar “Yoshlar daftari roʻyxatida turadi.

Aholining turmush darajasini yaxshilash, farovon hayot kechirishlariga imkoniyat yaratish maqsadida hududdagi 9 kilometr uzunlikdagi ichki yoʻllarga tosh-shagʻal yotqizish, 2 ta ichimlik suvi inshootini qurish kabilar koʻzda tutilgan. Shuningdek, 3 ta transformator, 8,7 kilometr uzunlikdagi elektr liniyalarini taʼmirlash, 55 ta yangi tayanch ustunlarini oʻrnatish rejalashtirilgan.

Shu kuni ertalab yuk avtomobillarida Jumurtov shaharchasidagi tosh maydalash va saralash zavodlaridan tosh ortib kelinib, mahalla hududidagi koʻchalarga tosh toʻshash ishlari boshlandi.

Rejaga koʻra, hududdagi irrigatsiya tarmoqlari, yaʼni ariq va zovurlar tozalanadi. Koʻchalar obodonlashtiriladi hamda mevali, manzarali daraxtlarga shakl berilib, yangidan koʻchatlar oʻtqaziladi. Aholi xonadonlari fasadi va kirish yoʻlaklari, qoʻshimcha yordamchi xoʻjalik binolari va daraxtlarni oqlash ishlari ham amalga oshiriladi.

Ayni kunlarda hududda boshlab yuborilgan ushbu ezgu ishlar aholiga nihoyatda koʻtarinki ruh baxsh etmoqda. Chunki bu qumyopliklar uchun ayni muddao, koʻpdan kutilgan, koʻngildagi ish boʻlmoqda. Mahalla fuqarolari ham tozalik va obodonchilik ishlariga bosh qoʻshib, imkon boricha hissa qoʻshishmoqda. Ularning fidoyiligi hudud chiroyiga chiroy qoʻshilishiga zamin yaratmoqda.

Hududlarning yoʻl-transport infratuzilmasini takomillashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha obʼektlarini yanada yaxshilash va shu asosda aholi farovonligi hamda turmush darajasini oshirishga qaratilgan mazkur amaliy qadamlar natijasida bugun tumanimizdagi koʻplab mahalla, koʻcha va aholi xonadonlari butunlay yangi qiyofa va chiroy kasb etmoqda. Shuni ham aytib oʻtish joizki, tumanda bugungi kunda barcha mahallalar obod goʻshalarga, koʻrkam maskanga aylanib, obod, fayzli xonadon va koʻchalar soni ortib bormoqda. Bu xalqimizning oʻz hayotiga boʻlgan ishonchi yuksalib, yashashga, kelajakka boʻlgan intilishi kuchayayotganidan darak beradi. Zero, obodlik bor joyda, fayzu-baraka, rivojlanish boʻladi.

O.Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026