MATBUOT ANJUMANI ÖTKAZILDI
27-yanvar kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida “Yangi hududda yangi imkoniyatlar. Aholining iqtisodiy-ijtimoiy farovonligini taʼminlaşga yönaltirilayotgan istiqbolli loyihalar” mavzusida matbuot anjumani ötkazildi.
Anjumanda, tuman hokimining örinbosari – investitsiya va taşqi savdo bölimi boşliği Raşid Salayev, tuman hokimligi boş mutaxassisi Raşid Abdullayev, moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş bölimi boş mutaxassisi Akbar Gulmurzayev, siyosiy partiyalarning tuman Kengaşlari rahbarlari, hokimlik masʼul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etişdi.
Anjumanda dastlab Raşid Salayev Amudaryo tumanida investitsiya masalalari böyiça amalga oşirilayotgan işlar töğrisida maʼlumot berdi.
Qayd etilişiça, 2022-2023-yillarda investitsiya loyihalarini amalga oşiriş dasturi böyiça 79 ta, umumiy qiymati 458 mlrd. sömlik loyihalar amalga oşirilişi belgilangan. Şundan 2022-yilda qiymati 302 mlrd. sömlik 63 ta loyihalar amalga oşirilişi rejalaştirilgan bölib, 2 ming 515 ta yangi iş örinlari yaratilişi közlanmoqda.
Şundan söng kun tartibidagi masala yuzasidan tuman moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş bölimi boş mutaxassisi Akbar Gulmurzayevning hisoboti tinglandi.
Akbar Gulmurzayev tumanning asosiy ösiş nuqtasiga aylangan xizmat körsatiş sohasida 2022-yil uçun belgilab olingan parametrlar haqida keng turda maʼlumotlar berdi.
Maʼlumotlarga köra xizmat körsatiş yönalişida umumiy qiymati salkam 54 mlrd.söm bölgan 49 ta xizmat körsatiş loyihalarining manzilli röyxati şakllantirildi hamda bundan taşqari qiymati 120 mlrd. sömlik 540 ta loyihalar işlab çiqilmoqda. Uşbu loyihalarni amalga oşiriş hisobiga yil yakuniga qadar 2 ming 68 nafar işsiz fuqarolarning xizmat körsatiş yönalişida bandligini taʼminlaş közda tutilgan.
Şuningdek, mahallalarda iş boşlagan hokim yordamçilarining öz vazifalarini amalga oşirişda foydalanadigan moliyaviy instrumentlar haqida ham tuşunçalar berildi. Anjumanda hokim yordamçilari mahallasiga ajratilayotgan resurslardan samarali foydalaniş yuzasidan doimiy monitoringni amalga oşirişi aytib ötildi. Ajratilayotgan mablablağlar mahalla infratuzilmasini yaxşilaşga, tadbirkorlikni rivojlantirişga, aholi bandligini taʼminlaşga yönaltirilişi taʼkidlandi.
Anjuman yakunida jurnalistlar özlarini qiziqtirgan savollar bilan tuman hokimligi mutasaddilariga murojaat qilib, tegişliça javoblar oldilar.
Amaldagi qonunçilikka köra davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining rasmiy naşrlari, rahbarlarning, şuningdek uşbu organlar tomonidan vakolat berilgan mansabdor şaxslarning çiqişlari va bayonotlari, axborot xizmatlarining xabarlari, rasmiy veb-saytlarining materiallari va ommaviy axborot vositalarining materiallari davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining faoliyati töğrisidagi axborot manbalari sanaladi. Fuqarolar davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining faoliyati töğrisidagi işonçli axborotni oliş huquqiga egalar. Ötkazilgan matbuot anjumani ham fuqarolarni uman hokimligining faoliyati hamda kelgusidagi rejalari bilan taniştirişda muhim ahamiyatga ega böldi.
Tuman hokimligining axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶