TADBIRKORLARGA TÖSIQ VA ĞOV BÖLAYoTGAN MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA
Amudaryo tumanidagi Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasi tomonidan ötgan 2021-yilda 246 ta masala böyiça 244 ta murojaatlar röyxatga olindi. Hududlarda 44 ta sayyor qabullar taşkil etildi. Murojaatlarning 14 tasi Özbekiston, 61 tasi Qoraqalpoğiston, 171 tasi tuman miqyosidagi masalalar bölib, 52 tasi ötkazilgan sayyor qabullar orqali, 70 tasi bevosita qabulxonaga murojaat qiliş orqali, 113 tasi “Işonç telefoni” (call markazi) orqali, 9 tasi business.gov.uz portali orqali elektron tarzda kelib tuşgan.
Röyxatga olingan 244 murojaatlardagi 246 ta masalalardan 172 tasi qanoatlantirildi, 73 tasiga tuşuntirişlar berilib, 1 tasi rad etildi.
Yoş tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş va ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etiş maqsadida amalga oşirilayotgan işlar natijasida yoş tadbirkorlardan jami 67 ta murojaatlar qabul qilinib, ularda qayd etilgan muammoli masalalarning 47 tasi ijobiy hal etildi, natijada yoş tadbirkorlar tomonidan 4 ta iş örinlari yaratilişi taʼminlandi. Tadbirkorlik sohasida xotin-qizlarning faolligini oşiriş va tadbirkor ayollar muammolarini tezkor hal etiş maqsadida ulardan 69 ta murojaatlar qabul qilinib, şundan 49 tasi ijobiy hal etildi. Şu orqali tadbirkor ayollar tomonidan 7 ta yangi iş örinlari yaratilişiga kömaklaşildi.
Murojaatlar ötgan yil şu davriga nisbatan 69 taga kamaygan. Kredit oliş masalasidagi murojaatlar soni 13 taga köpaygan. Banklar tomonidan körib çiqilgan jami 126 ta murojaatlarning 93 tasi ijobiy hal etilib, 33 tasiga tuşuntiriş berilgan.
Tumandagi Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasi huzuridagi tadbirkorlarning jamoatçilik kengaşi tomonidan kelib tuşgan murojaatlar har oyda tahlil qilinib, tumanda tadbirkorlikni rivojlantirişga tösiq va ğov bölayotgan muammolarni bartaraf etiş böyiça Kiçik biznes va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligiga taqdim qiliş uçun 13 ta takliflar kiritildi.
Qabulxona qoşida 1100 raqamli “Işonç telefoni”, “Telegramm” internet tarmoğida “Tadbirkorlar qabulxonasi” kanali, bundan taşqari qabulxonada “business.gov.uz” yagona interaktiv portali faoliyat körsatmoqda.
M.Örazboyev, tumandagi Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasi yetakçi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶