24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 19:27
Jamiyat 👁 254

VATAN MUDOFAASIGA MUNOSIB HISSA QOʻShAMIZ

VATAN MUDOFAASIGA MUNOSIB HISSA QOʻShAMIZ

Oʻzbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida Vatanimiz Mudofaa sohasi boʻyicha belgilangan vazifalarning ado etilishi, harbiy sohaning eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshirilgan tizimli va strategik chora-tadbirlar tufayli milliy Armiyamizning jangovar shayligi va umuman, mamlakatimizning  mudofaa qobiliyati oshdi. Sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari va ilgʻor innovatsiyalar keng tatbiq etilmoqda.
Shunisi eʼtiborliki, harbiy sohani yanada rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlar eng avvalo xalqimizning tinchligi va xavfsizligini, osoyishtaligini saqlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Shu boisdan ham 14-yanvar – Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topgan sana va Vatan himoyachilari kunini barcha yurtdoshlarimiz ulkan bayram qilishadi.
Joriy yil 14-yanvarda milliy  Armiyamiz va Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganiga 30-yil toʻladi. Mamlakatimizning barcha hududlarida sana munosabati bilan turli bayram tadbirlari oʻtkazilmoqda, yoshlar koʻnglida milliy Armiyamizning salohiyatiga, qudratiga ishonch va hurmat ruhini tarbiyalash, Vatanimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini, xalqimizning tinch-osoyishtaligini sharaf bilan himoya qilib kelayotgan harbiylar hayoti bilan ularni yaqindan  tanishtirish maqsadida oʻtkazilayotgan tadbirlar barcha ishtirokchilarda ulkan taassurotlar qoldirayapti, Vatan himoyasi har bir yigit uchun muqaddas burch ekanligi koʻngillariga teran joylanayapti.
Harbiy xizmat ostonasi hisoblanmish tuman Mudofaa boʻlimida ham milliy Armiyamiz saflarini ilmli, salohiyatli, kuchli va yurt uchun fidoyi yoshlar bilan butlash maqsadida yil davomida uzluksiz harakatlar olib boriladi. Natijada muddatli harbiy xizmatga eng munosib yigitlar saralanib, joʻnatilmoqda, muddatli harbiy xizmatga  saralashda belgilangan meʼzonlarga javob bera olmagan, yoxud oʻzi ixtiyoriy ravishda safarbarlik chaqiruv rezervida xizmat qilishni tanlagan yigitlar safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatiga olinmoqda.
Shuningdek, harbiy sohani tanlab, oliy harbiy bilim yurtlarda, “Temurbeklar maktabi”da oʻqish istagida boʻlgan yoshlarga yoʻllanmalar berilayapti.
Tuman Mudofaa ishlari boʻlimi muddatli harbiy xizmatdan zaxiraga boʻshatilgan yigitlar taqdiriga ham befarq emas. Ularning oʻz xohishlariga koʻra ishga joylashishlariga, munosib hayot kechirishlariga ham intilamiz va harakat qilamiz.
Insoniyat uchun tinchlik, osoyishtalikdan ham ulugʻ, bebaho neʼmat yoʻq. Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan yuksak taraqqiyot, yangilanishlar, rivojlanishlar zamirida xalqimizning tinch-osuda hayoti, ertagi kuniga mustahkam ishonchi mujassamdir. Bu  mamlakatimiz sarhadlarini ishonchli himoya qilib kelayotgan askarlarimiz fidoyiligi samarasi  ekanligi barchaga ayon. Ular kechani-kecha, kunduzni-kunduz demay, qahraton sovuqda ham, jazirama issiqda ham oʻz postlarida sobit turib, osoyishtaligimizni koʻz qorachigʻiday asramoqdalar. Milliy armiyamiz harbiy vatanparvarlik, harbiy qurilish va harbiy sanoat  sohasida dunyodagi eng ilgʻor tajribalarni qoʻllagan holda chegaralarimiz xavfsizligini taʼminlashning ishonchli kafolatiga aylangani barcha xalqlarning baxtidir.
Biz tuman Mudofaa ishlari boʻlimi xodimlari Milliy armiyamiz saflarini chuqur bilim va intellektual salohiyatga, oʻz muqaddas harbiy burchini ado etish yoʻlida qatʼiy iroda va mustahkam tayyorgarlikka ega, ona yurtimizga sadoqatli, mard oʻgʻlonlar bilan butlashga xizmat qilayotganimizdan, oʻquvchi-yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga hissa qoʻshayotganimizdan xursandmiz.
Aziz yurtdoshlar! 14-yanvar  umumxalq bayramidir. Barchangizga ushbu qutlugʻ va sha-rafli kun muborak boʻlsin!

B.ATAKOV, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi

boshligʻi, podpolkovnik.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026