Jamiyat
👁 123
YIGITLARGA TABRIK
Haqiqiy er yigit boʻlmoqlik uchun,
Kamdir oʻgʻil bola boʻlib tugʻilmoq.
Kerak sinovlarga dosh berib avval,
Soʻng Vatan xizmatin burchim deb bilmoq.
Bugun yurtimiz tinch, koʻngil xotirjam,
Dilda shukrimizning yoʻq nihoyasi.
Bularning bariga garovdir shaksiz,
Sarhadlarda mard oʻgʻlonlar himoyasi.
Yigit bor joylarda bogʻlar gullaydi,
Yigit bor uylarda yangraydi kulgu.
Shu sabab keksalar koʻnglida muqim,
Yigitlar sogʻ boʻlsin degan bir tuygʻu.
Qut va barakaning sababi ular,
Mehnati tufayli dasturxon toʻkin.
Kamolin tilagan ota-onaga,
Ularning mardligi beradi taskin.
Bayramingiz qutlugʻ boʻlsin, yigitlar,
Eng ezgu tilaklar armugʻon sizga.
Elning baxti uchun qoʻshilsin doim,
Bilimga bilim-u, kuch kuchingizga!
Ahmad Nafasov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶