“UMID NIHOLLARI - 2022” SPORT MUSOBAQASINING TUMAN BOSQIÇI YaKUNLANDI
Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan öquvçi-yoşlar örtasida sportni rivojlantiriş, ularni ommaviy ravişda jismoniy tarbiya va sportga jalb qilişga qaratilgan tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Buning natijasida yoşlarimizning sportga bölgan qiziqişlari kundan kunga orta borib, ular soğlom, irodasi mustahkam, vatanimizning sodiq farzandlari bölib voyaga yetmoqda.
Respublikamiz miqyosida umumiy örta taʼlim maktablari öquvçi-yoşlari orasida ötkazilib kelinayotgan “Umid nihollari” sport musobaqalari ham bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Iştirokçilar uçun bayram tusini oladigan uşbu musobaqa joriy yilda ham kötarinki ruhda ötkazilmoqda.
Şu kungaça uşbu musobaqaning maktablararo, hududiy bosqiçlarida sportning 11 ta turi yaʼni futbol, veleybol, basketbol, gandbol, mini futbol, stol tennisi, şaxmat va şaşka, badminton, yengil atletika, stritbol, kuraş, sport va badiiy gimnastika turlari böyiça musobaqalar ötkazilib, ğoliblar aniqlandi. Musobaqalar 1-4, 5-6, 7-8 va 9-11-sinflar öquvçilari orasida ötkazildi.
Şu yilning 5-6-yanvar kunlarida “Umid nihollari - 2022” sport musobaqalarining 8 ta hududiy ğoliblari orasida musobaqalari ötkazildi va uşbu bosqiç ğoliblari tuman bosqiçiga yöllanmani qölga kiritişdi. 7-yanvar kuni “Umid nihollari - 2022” sport musobaqasiniing tuman bosqiçiga start berildi.
Şu kuni tumanimizdagi Bolalar-ösmirlar sport maktabi, 33- va 16-maktablar sport zallarida sportning stritbol, stol tennisi va kuraş turlari böyiça musobaqalar ötkazilib, ğoliblar aniqlandi.
Uşbu musobaqalarda quyi bosqiçlarda ğoliblikka erişgan mahoratli va epçil 600 nafar öquvçilar iştirok etişdi. Şuning 230 nafarini qizlar taşkil qiladi. Musobaqaning ğolib va sovrindorlari Özbekiston “Yoşlik jismoniy tarbiya va sport jamiyati” Amudaryo tumani hududiy bölinmasining diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
“Umid nihollari - 2022” musobaqasining tuman bosqiçida özaro bahs olib borib, raqiblaridan ustun kelgan jamoa va öquvçilar uşbu sport musobaqasining final, yaʼni Qoraqalpoğiston Respublika bosqiçida qatnaşiş uçun yöllanmani qölga kiritdilar.
Keyingi kunlarda uşbu musobaqaning sportning boşqa turlari böyiça tuman bosqiçi bahslari davom ettirildi. Yuqori kayfiyatda, ğoliblik uçun astoydil intilib, maktabi, yaşaş hududi sport şarafini yuqori kötarişga intilayotgan öquvçi-yoşlar uçun hayajonli kunlar davom etib, 10-yanvar kuni musobaqalar nihoyasiga yetdi, sportning 11 ta turi böyiça ham ğoliblar aniqlandi.
Yoşlarda sportga bölgan havas va intilişni, jamiyatda soğlom turmuş tarzi tamoyillarini yanada kuçaytiriş, yoş iqtidorli sportçilarni tanlab oliş, ularda professional mahorat va könikmalarni rivojlantiriş, sport turlari böyiça mamlakat terma jamoalariga sport zahirasini tayyorlaş, öquvçi-yoşlarni sport maşğulotlariga uzluksiz jalb etilişini taʼminlaş maqsadida hukumatimiz qabul qilgan qaroriga köra ötkazib kelinayotgan “Umid nihollari” sport musobaqalari iştirokçilar uçun haqiqiy sport bayramiga aylanib bormoqda, yoşlar özligini namoyon etadigan minbarga aylanmoqda.
Sevara Ismoilova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶