“UMID NIHOLLAR-2022” SPORT MUSOBAQASINING TUMAN BOSQIÇI ÖTKAZILMOQDA
Mamlakatimizda öquvçi-yoşlar örtasida sportni rivojlantiriş, ularni ommaviy ravişda jismoniy tarbiya va sportga jalb qilişga qaratilgan tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Buning natijasida yoşlarimizning sportga bölgan qiziqişlari kundan kunga orta borib, ular soğlom, irodasi mustahkam, vatanimizning sodiq farzandlari bölib voyaga yetmoqda.
Yoşlarda sportga bölgan havas va intilişni, jamiyatda soğlom turmuş tarzi tamoyillarini yanada kuçaytiriş, yoş iqtidorli sportçilarni tanlab oliş, ularda professional mahorat va könikmalarni rivojlantiriş, sport turlari böyiça mamlakat terma jamoalariga sport zaxirasini tayyorlaş, öquvçi va talabalarni sport maşğulotlariga uzluksiz jalb etişga qaratilgan sport musobaqalari tizimini yanada takomillaştiriş maqsadida 2018-yil 25-oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan edi.
Mazkur qaror bilan umumiy örta taʼlim maktablari hamda akademik litseylar öquvçilari örtasida “Umid nihollari” sport musobaqalarining final bosqiçini har uç yilda bir marta Qoraqalpoğiston Respublikasining Nukus şahrida, viloyat markazlarida hamda Toşkent şahrida ötkaziş tartibi belgilandi.
Respublikamiz miqyosida umumiy örta taʼlim maktablari hamda akademik litseylar öquvçi-yoşlari örtasida “Umid nihollari” sport musobaqalarining hududiy bosqiçlari bu yil ham yuqori saviyada ötkazilmoqda. Iştirokçilar uçun bayram tusini oladigan uşbu musobaqa joriy yilda Amudaryo tumanida ham kötarinki ruhda ötkazilmoqda.
Şu kungaça uşbu musobaqaning maktablararo, hududiy bosqiçlarida sportning 14 ta turi yaʼni futbol, veleybol, basketbol, gandbol, mini futbol, stol tennisi, şaxmat va şaşka, badminton, yengil atletika, stritbol, kuraş, sport va badiiy gimnastika turlari böyiça musobaqalar ötkazilib, ğoliblar aniqlandi. Musobaqalar 1-4, 5-6, 7-8 va 9-11-sinflar öquvçilari orasida ötkazildi.
Şu yilning 5-6-yanvar kunlarida “Umid nihollari-2022” sport musobaqalarining 8 ta hududlar örtasida hududiy bosqiçlari ötkazildi va uşbu bosqiç ğoliblari tuman bosqiçiga yöllanmani qölga kiritişdi. 7-yanvar kuni “Umid nihollari - 2022” sport musobaqasining tuman bosqiçiga start berildi. Şu kuni sportning stritbol, stol tennisi va kuraş turlari böyiça musobaqalar ötkazilib, ğoliblar aniqlandi.
Uşbu musobaqalarda quyi bosqiçlarda ğoliblikka erişgan 600 nafar mahoratli va epçil öquvçilar iştirok etişdi. Şuning 230 nafarini qizlar taşkil qiladi. Musobaqaning ğolib va sovrindorlari Özbekiston “Yoşlik jismoniy tarbiya va sport jamiyati” Amudaryo tumani hududiy bölinmasining diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
“Umid nihollari - 2022” musobaqasining tuman bosqiçida özaro bahs olib borib, raqiblaridan ustun kelgan jamoa va öquvçilar uşbu sport musobaqasining final, yaʼni Qoraqalpoğiston Respublika bosqiçida qatnaşiş uçun yöllanmani qölga kiritdilar.
Keyingi kunlarda uşbu musobaqaning sportning boşqa turlari böyiça tuman bosqiçi bahslari davom ettiriladi. Yuqori kayfiyatda, ğoliblik uçun astoydil intilib maktabi, yaşaş hududi sport şarafini yuqori kötarişga intilayotgan öquvçi-yoşlar uçun hayajonli kunlar hali davom etadi.
Sevara Ismoilova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶