2021-yil sarhisobi: Maktabgacha taʼlim tizimi
Tumanimizda 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga toʻliq qamrab olish, ularning zamon talablari darajasida taʼlim-tarbiya olishlarini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayni paytda tumanda 3-7 yoshli bolalar 16 613 nafarni tashkil qiladi.
Joriy yil 1-dekabr holatiga koʻra, tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 123 ta boʻlib, shundan 51 tasi davlat, 4 tasi davlat xususiy sheriklik asosidagi hamda 68 tasi oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlaridir. Ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotlariga jami 1559 nafar bolalar qamrab olingan. Bu jami 3-7 yoshli bolalarning salkam 70 foizini tashkil etadi.
2021-yilda investitsiya dasturi asosida 21-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosining qurilish-taʼmirlash ishlariga 2 mlrd. 763,3 mln. soʻm mablagʻ ajratildi. Mazkur DMTTda “Jumurtov tex-taʼmir servis” MChJ tomonidan qurilish-taʼmirlash ishlari tugallanib, hozirgi kunda jihozlash ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, “Obod qishloq” dasturi asosida 45-sonli DMTTning qurilish-taʼmirlash ishlariga 1 mlrd. 33,8 mln. soʻm mablagʻ ajratilib, ayni paytda “MANGIT MEGA HAMKOR” MChJ tomonidan qurilish-taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazildi va DMTT atrofi obodonlashtirilmoqda.
Bundan tashqari, joriy yilda mahalliy byudjet hisobidan tumandagi 3 ta (4-, 19-, 23-) maktabgacha taʼlim tashkilotlari joriy taʼmirdan chiqarildi hamda 3 ta (12-, 15-, 17-) maktabgacha taʼlim tashkilotlarida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶