2021-yil sarhisobi: “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturi
Tumanda 2 ta hudud –Jumurtov şaharçasi va Xitoy ovuli “Obod qişloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturiga kiritilib, davlat dasturi doirasida jami 37 mlrd. 213,3 mln. söm ajratildi.
Xitoy ovulidagi fuqarolar yiğini binosini taʼmirlaş hamda Jumurtov ŞFY binosini yangidan quriş işlari pudratçi taşkilotlar tomonidan töliq bajarildi.
1 ta “Xotira maydoni” obʼekti rekonstruktsiya qilinib, Xitoy ovulidagi 85-sonli maktab binosi kapital taʼmirlandi. 2-sonli maktab binosi esa rekonstruktsiya qilindi.
Xitoy ovuli hududidagi 6,844 km. uzunlikdagi içki yöllar töliq taʼmirlandi, 4,3 km. uzunlikdagi elektr uzatiş tarmoqlari rekonstruktsiya qilinib, 1 ta transformator taʼmirlandi, tozalangan içimlik suvi bilan taʼminlaş obʼektlari barpo etildi.
Jumurtov şaharçasi hududida 43-sonli maktab va 72-sonli umumtaʼlim maktabi filial binolari kapital taʼmirlandi, 63-sonli maktab binosi esa rekonstruktsiya qilindi. Hududdagi 3,125 km. içki yöllar töliq taʼmirlanib, 3,3 km. uzunlikdagi elektr uzatiş tarmoqlari rekonstruktsiya qilindi. Şuningdek, 4 ta içimlik suvi inşooti obʼekti yangidan qurilib, 1 ta transformator taʼmirlandi.
Şuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va maişiy muammolar mavjud bölgan Kuyuk köpir hamda Nazarxon ovullari hududini rivojlantiriş uçun 3 mlrd. söm ajratildi.
Şundan 3 ta maktab, 1 ta maktabgaça taʼlim taşkiloti, 10 ta transformatorlarda joriy taʼmirlaş va rekonstruktsiya işlari olib borildi. 60 ta elektr tayanç ustunlari, 3,9 km. uzunlikda elektr-aloqa tarmoqlari, 2 ta içimlik suvi tozalaş inşooti, 38 km. uzunlikda içki yöllar, 3 km. piyodalar yölakçasi, 50 ta tungi yoritgiç çiroqlari yangidan örnatildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶