MINI FUTBOL BÖYIÇA HOKIM KUBOGI MUSOBAQASI ÖTKAZILDI
Jismoniy tarbiya va sportni aholi orasida keng tarğib qiliş, soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, olis va çekka qişloq-ovullarda sportda iqtidori yuqori bölgan yoşlarni erta aniqlaş va katta sport sari yetaklaş maqsadida yurtimiz böylab turli sport musobaqalari ötkazilib kelinmoqda.
2021-yil 28-dekabr kuni Amudaryo tumanining Çordara mahallasida joylaşgan futbol maydonida sportning mini futbol turi böyiça “Hokim kubogi” musobaqasining tuman bosqiçi ötkazildi. Musobaqani ötkazişdan asosiy maqsad, yoşlarning böş vaqtini mazmunli ötkaziş, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim taşabbusni keng tarğib qilişdan iborat. Şuningdek, ikkinçi taşabbus – yoşlarni jismoniy çiniqtiriş, sportda qobiliyatini namoyon qilişi uçun zarur şaroitlar yaratişdir.
Uşbu musobaqaning hududiy bosqiçi 27-dekabr kuni Kuyuk köpir, Qipçoq, Qiliçboy ovullarida va Manğit şaxarida ötkazilib,har bir hududdan bitta ğolib bölgan komanda tuman bosqiçiga yetib kelişgan edi. Yuqori saviyada taşkil etilgan uşbu musobaqada tumanimizdagi 24 mahalladan jami, 192 nafar yoşlar iştirok etişdi. Musobaqa hakamlar tomonidan odilona boşqarib borildi. Murosasiz keçgan uçraşuvda Böston mahallasi jamoasi birinçi, Tölqin mahallasi jamoasi ikkinçi, Özbekiston mahallasi jamoasi uçinçi örinni egallaşdi. Ğolib va sovrindorlarga taşkilotçilar tomonidan kubok, medal, diplom va qimmatbaho sovğalar topşirildi.
Uşbu musobaqa Amudaryo tumanining Turizm va sportni rivojlantiriş bölimi, tuman hokimligi, Xalq taʼlim bölimi, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi, tuman Tibbiyot birlaşmasi va Amudaryo tumanining Milliy gvardiya qöriqlaş hizmati bilan hamkorlikda taşkil etildi.
Albatta, bu kabi musobaqalar yoşlar örtasida jismoniy tarbiya va sportning yanada rivojlanişiga xizmat qiladi. Qolaversa, terma jamoalarimiz uçun iqtidorli sportçilarni saralaş vazifasini ham ötab beradi. Sport va soğliq sinonim sözlardir şunday ekan, sportga oid islohotlar takomilga yetkazilayotgan bir vaqtda yoşlarimiz öz soğligi uçun qolaversa vatanimizni dunyo hamjamiyatidagi obrosini yanada oşiriş uçun şijoat bilan harakat qilişlari lozimdir.
Fotima Eşimbetova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶