OʻGʻRILAR QOʻLGA TUShDI
Har kim oʻziga berilgan hayotni qadrlab, toʻgʻri va halol yashasa, boshqalarga ziyon yetkazmasa saodatli umr kechiradi. Biroq shunday kimsalar ham borki, ular qingʻir va notoʻgʻri yoʻllardan yurib, umrini xazon, hayotini barbod qiladi.
Respublikamizdagi tumanlardan birida yashovchi Salimjon va Karimjon (ismlar oʻzgartirilgan) ham yoshgina, kuch-quvvatga toʻlgan boʻlishlariga qaramasdan halol mehnat qilish oʻrniga oʻzgalarning mulkini oʻgʻirlab sotish orqali pul topishni maʼqul koʻrishdi. Oʻzaro jinoiy til biriktirib, mahallalardan birida joylashgan sanoat zonasi hududidagi qurilish tashkilotiga tegishli boʻlgan omborxonadan metall payvandlash uskunasi, elektr nasos, elektromotor qurilmasi va shu kabi qimmatbaho ashyolarni yashirin ravishda talon-taroj qilib, olib ketishdi. Ushbu texnik uskunalarni 11 mln.dan ziyod pulga sotib, birdaniga moʻmay “daromad”ga ega boʻlishdi.
Shundan soʻng, ikki “hamkor” kechalari yana “ov”ga chiqib, qator oʻgʻirliklar sodir qilishdi. Oʻmargan mollarini sotib, ega boʻlgan pullarini teng taqsimlashdi va oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborishdi. Jinoiy sheriklar qingʻir ishlarini davom ettirib, noqonuniy yoʻl bilan qisqa fursat ichida jami 20 mln.ga yaqin “daromad” topishga erishishdi.
Biroq huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining tezkor harakatlari tufayli jinoyatchi oʻgʻrilar qoʻlga olindi va sud hukmiga koʻra ularga tegishli jazo tayinlandi.
U.Orazbayeva, Nukus shahar IIO FMB 1-son IIB huzuridagi Tergov guruhi tergovchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶