Siyosat
👁 373
AMUDARYo TUMANIDA HAM BIR MARTALIK MODDIY YoRDAM PULLARI TARQATILMOQDA
Joriy yilning 21-dekabr kuni Prezidentimiz tomonidan “Aholining kam taʼminlangan qatlamlarini qöllab-quvvatlaş va ijtimoiy himoyasini yanada kuçaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” Qaror qabul qilindi.
Uşbu Qarorda yil yakuniga qadar 2021-yil davomida “Temir daftar” röyxatida bölgan fuqarolar, 18 yoşga tölmagan boquvçisini yöqotgan yoki 18 yoşgaça nogironlik nafaqasini oluvçi bolalar uçun 800 ming söm miqdorida bir martalik moddiy yordam körsatiş belgilangan. Ayni kunlarda Respublikamiz böylab mutasaddi taşkilot masʼullari tomonidan kam taʼminlangan oilalar uçun ajratilgan mablağlarni yil yakuniga qadar öz egalariga topşiriş çoralari qörilmoqda.
Amudaryo tumanida yuqoridagi meʼyorlarga töğri keluvçi 1639 nafar fuqaroga jami, 1 milliard 311 million söm miqdorida bir martalik moddiy yordam körsatilişi rejalaştirilgan.
27-dekabr kuni tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev hududlarda bölib, Prezidentimiz nomidan bir martalik yordam pullarini topşirdi. Manğit şahrining Gulzor mahallasida yaşovçi Gulzira Rayimovaning xonadoniga taşrif çoğida tuman hokimi uşbu oilaga moddiy yordam pullarini topşirdi va oila aʼzolari bilan samimiy suhbat qurib, yaşaş şaroiti bilan yaqindan tanişdi.
Tuman böyiça Prezident qarorida belgilangan meyorlarga töğri keluvçi barça fuqarolarga yaqin kunlar içida moddiy yordam pullarini töliq topşiriş çoralari qörilmoqda.
Amudaryo tumani hokimligining axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶