TABIATGA 33 696 000 SOʻM MIQDORIDA ZARAR YeTKAZGAN ShAXSLAR QOʻLGA OLINDI
Atrof-muhit daxlsizligi koʻp jihatdan jonli tabiatni asrab-avaylash, fauna va floraga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga bogʻliq. Ayniqsa, tabiat bagʻridagi turli xil jonzotlarga nisbatan shafqatsizlik qilish inson uchun juda qimmatga tushadi. Sababi, har bir jonzotning tabiiy barqarorlikni taʼminlash, muvozanatni saqlashdagi oʻrni juda muhim.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish qoʻmitasining Amudaryo tuman inspektsiyasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Orol boʻyi tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi hamda Milliy Gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazgan ekologik reyd tadbiri davomida Amudaryo tumanida yashovchi fuqarolar Sh.Yu va S.Ye, A.Slar tomonidan Ellikqalʼa tumanining "Chuqur Qoq" OFY hududidagi kollektordan noqonuniy ravishda 86 dona ilonbaliq va 75 dona zogʻorabaliq, 48 dona qizilqanot, 2 dona sudak baligʻi, jami 211 dona baliqlarni 10 dona leskali toʻr bilan ovlab kelayotgan vaqtlarida Ellikqalʼa tumani hududida toʻxtatildi.
Oʻrganishlar davomida tabiatga 33 696 000 soʻm miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlandi. Shu sababli qonunbuzar fuqarolarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ayni paytda Orol boʻyi tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
H.Soatov, Gʻ.Iskandarov, Amudaryo tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi inspektorlari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶