Yuridik xizmat körsatiş markazi faoliyati kengaymoqda
Mamlakatimizda davlat organlari va taşkilotlariga yuridik xizmat körsatiş faoliyatini yanada takomillaştiriş, ular faoliyatini, ayniqsa, quyi böğinda huquqiy jihatdan taʼminlaş, sifatli va professional yuridik xizmat körsatişga qaratilgan islohotlar bosqiçma-bosqiç amalga oşirib kelinmoqda. Sohaga tajribali kadrlarning jalb qilinmaganligi hujjatlar loyihalarining iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan ötkazilişi sifatiga salbiy taʼsir körsatayotgan edi. Bu öz navbatida qabul qilinayotgan hujjatlar yuzasidan joylarda jismoniy va yuridik şaxslarning eʼtiroziga sabab bölayotgan edi.
Prezidentimizning tegişli qaroriga köra, 2021-yil 1-oktyabrdan boşlab, Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vaziriligi, viloyatlar va Toşkent şahar Adliya boşqarmalari huzurida mamlakatimizning barça tuman va şaharlarida yuridik xizmat körsatiş markazlari faoliyati yölga qöyildi.
Uşbu markazlar zimmasiga yuridik xizmat körsatiladigan davlat organlari va taşkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlaş, ularga malakali yuridik yordam körsatiş, davlat taşkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oşiriş, davlat taşkilotlarining mulkiy hamda boşqa huquqlari va qonuniy manfaatlari öz vaqtida samarali himoya qilinişini taʼminlaş, davlat taşkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bölişini taʼminlaş kabi köplab masʼuliyatli vazifalar yuklangan.
Şuningdek 2021-yil 1-oktyabrdan boşlab davlat taşkilotlariga yuridik xizmat körsatiş bilan boğliq barça maʼlumot va jarayonlarni töliq elektron ravişda yiğiş, qayta işlaş, tahlil qiliş imkonini beruvçi “Ye-huquqshunos” elektron tizimini yaratiş va unga barça maʼlumotlarni joylab boriş yuklatildi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida taşkil etilgan Amudaryo tuman Yuridik xizmat körsatiş markazida ham qaror ijrosini taʼminlaş, belgilab berilgan masʼuliyatli vazifalarni ado etiş yuzasidan tizimli işlar olib borilayapti.
Markaz tomonidan tumandagi mavjud 12 ta davlat organlari va taşkilotlariga sifatli yuridik xizmat körsatilmoqda. Bunda davlat organlari va taşkilotlari bilan markaz örtasida hujjatlar maʼlumotlar almaşinuvi “Ye-huquqshunos” tizimi orqali amalga oşirilayotir. Ötgan davr mobaynida 12 ta davlat organlari va taşkilotlarida yuridik ahamiyatga ega bölgan hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan ötkaziş jarayonida 166 ta hujjat qonunga zid ekanligi aniqlanib, muvofiqlaştirildi. 17 hujjat umuman qonunlarimizga mos kelmaganligi uçun huquqiy ekspertizadan ötkaziş rad etildi, tuman Tibbiyot birlaşmasida 12 nafar xodimning işdan böşalatilişining oldi olindi.
Şuningdek, aholidan tuşgan 2 ta murojaat ham körib çiqilib, huquqiy yordam berildi.
Kelgusi 2022-yilda markaz huquqiy xizmat körsatadigan davlat organlari va taşkilotlari soni yana 6 taga köpaymoqda. Bu markazda faoliyat körsatayotgan 6 nafar xodimlarga yana ham ulkan masʼuliyat yuklaydi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶