“BIZ ZOʻRAVONLIKKA QARShIMIZ!” ShIORI OSTIDA SEMINAR-TRENINGDA OTA-ONALAR VA OʻQUVChILAR FAOL IShTIROK ETDILAR
Respublika Tashxis Markazi tomonidan eʼlon qilingan aktsiya doirasida 42-sonli umumtaʼlim maktabida “Biz zoʻravonlikka qarshimiz!” mavzusida koʻrgazmali seminar-trening oʻtkazildi. Mazkur seminar-treningda maktab oʻqituvchilari, ota-onalar qoʻmitasi aʼzolari hamda boshlangʻich sinflar oʻquvchilari ishtirok etdilar.
Seminar-trening oʻtkaziladigan xona boshlangʻich sinf oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan koʻrgazmali vositalar bilan jihozlandi. Zususan, dunyodagi zoʻravonlik qurbonlari boʻlayotgan bolalarning ayanchli hayoti haqida hikoya qiluvchi maʼruzalar, rasmlar, bolalar qalbida ona-tabiatga, ota-ona, doʻstlariga va ona Vatanga mehr-muhabbat uygʻotuvchi sheʼriy kitoblar, Vatan, tabiat manzaralari aks etgan bolalar chizgan suratlar bilan bezatildi.
Maktab psixologi Aziza Qodirberganova ota-onalar bilan farzandlarining oʻzaro munosabatlari haqida soʻz yuritdi, oʻz navbatida ota-onalarning fikrlari tinglanib, zoʻravonlikning turli xil koʻrinishlari xususidagi slaydlar, videoroliklar namoyish etildi.
Seminar-trening davomida 1-2-sinflar oʻquvchilari uchun ertak-terapiya mashgʻuloti oʻtkazilib, “Qalamlar”, “Sholgʻom” ertaklari orqali bolalarning dunyoqarashlari, muomala madaniyati, axloqiy fazilatlari sinovlan oʻtkazildi.
Shuningdek, seminar-treningda ota-onalar ham faol ishtirok etishib, ota-ona va farzandlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar xususidagi oʻz fikrlarini bildirdilar. Oila davrasida, doʻstlari va yaqinlari orasida bolalarning oʻzlarini qanday tutishlari, yurish-turish va kiyinish madaniyati, farzandning ota-ona oldidagi va ota-onalarning farzandlari oldidagi burch va majburiyatlari yuzasidan qimmatli fikrlarini bayon qildilar.
Seminar-trening yakunida faol va intizomli, aʼlochi oʻquvchilar maʼnaviy ragʻbatlantirildilar.
Robiya YOʻLDOShEVA, 42-sonli umumtaʼlim maktabi ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶