ZOʻRAVONLIKKA QARShI KURAShDA AMALGA OShIRILAYoTGAN DEMOKRATIK ISLOHOTLAR
Mamlakatimizda zoʻravonlikni oldini olish, zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlarga huquqiy ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimli ravishda yoʻlga qoʻyildi. Xotin-qizlarning xuquq va manfaatlarini gender tenglikni taʼminlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, mehnat va turmush sharoitlarni yaxshilash, ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonliklarning oldini olish borasida qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, xotin-qizlarni tazyiq va zuravonlikdan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, erkaklar bilan teng huquq va imkoniyatlarini yaratish maqsadida Uzbekiston Respublikasining «Xotin-qizlarni tazyiq va zuravonlikdan himoya qilish tugʻrisida»gi va «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari tugʻrisida»gi Qonunlari qabul qilindi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatini boshlashlariga koʻmaklashish maqsadida oʻtgan yili tijorat banklari, Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab–quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hisobidan kreditlar ajratildi. Xotin-qizlar bandligini taʼminlash uchun tadbirkorlikka keng jalb qilish orqali yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Ishsiz va kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlar haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi va ularning ish haqi vazirlik huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirib berildi.
Undan tashqari, oʻz oʻzini izolyatsiyalash rejimi joriy etilishi bilan Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi huzuridagi «NNT lar birlashmasi» va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yil 10-apreldan boshlab, «Ishonch telefoni» xizmati ish boshladi. Ushbu davr mobaynida kelib tushgan murojaatlarning 40 foizi zoʻravonlik holatlarga bogʻliqligi aniqlandi. Ularga psixologik, yuridik va reablitatsiya yordami koʻrsatildi.
Bu kabi tadbirlar va keng kulamli islohotlarning amalga oshirilishi natijasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishi taʼminlanadi. Shuningdek, bu boradagi barcha choralar xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qullab-quvvatlash, xotin-qizlarning tazyiq va zuravonliklardan himoya qilinishiga asos bulib xizmat qiladi.
B.Bekmuradov, Beruniy tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶