Jayxun ilhomlari
Beşta muhim taşabbus
Beşta muhim taşabbus,
Hammamizni uyğotdi.
Mudrayotgan yoşlarni,
Huşyorlikka örgatdi.
Ayollar faolligin,
Qizlarimiz işonçin.
Umidlarin uyğotdi,
Rejalarin özgartdi.
Sportdagi yutuqlar,
Qöşa-qöşa sovrinlar.
Yutuqlarimiz – baxtimiz,
Yoşlar kelajagimiz.
Davlat siyosatida,
Ayollar muammosi.
Işsizlikka çek qöyar,
Beş taşabbus ğoyasi.
Ğaflat bosma yoşlarni,
Yurakdan işlaş kerak.
Maʼnaviyat olamin,
Öqib boyitiş kerak.
Zuhra AHMEDOVA.
Injiq yaproqça
Özbekiston atalmiş,
Yurt bor ekan dunyoda.
Uning boğ-u roğlari,
Gözallikda ziyoda.
Qarang, kuz boğlarida,
Yaproqçalar tökilar.
Injiq şamollarida,
Bir-biri-la sözlaşar.
Daraxtlardan yaproqlar,
Çirt-çirt uzilib tuşdi.
Lekin bir injiq yaproq
Şoxlarni mahkam tutdi.
Döstlari unga aytar:
“Yur, biz bilan ket sen ham,
Hozir qolsang bu yerda,
Muzlab qolasan juda.
Erta bahor faslida,
Biz zör öğit bölamiz.
Daraxtga jon bağişlab,
Kurtak bölib unamiz”.
Bahor fasli kelganda,
Yana soğlom ösdi boğ.
Oziqlanib xazondan,
Çamanzorga döndi boğ.
Yaproqça esa karaxt,
Qişni daraxtda kutdi.
Qattiq şamol böldi-yu,
Uni uçirib ketdi.
Ana kördingizlarmi,
Injiqning ahvolini.
Körsam injiq bolani,
Öylayman barg holini.
Yorqinoy KENJABOYeVA, 11-maktab öquvçisi.
Sinfdoşlar
Sinfimiz juda ahil,
Barçaning bilimi har xil.
Bilimdon-u bilarvoy,
Sinfimiz döstlikka boy.
Iloji bölsa biz ham,
Uruşib heç yurmaymiz.
Bir-birimiz yomonlab,
Nomlarini sotmaymiz.
Yigitlar-u qizlarjon,
Bir-biri bilan inoq.
Har kuni, har darsda,
Bari aqlli, quvnoq.
Sinfdoşlar juda şöx,
Biri doktor bölmoqçi.
Qizlarni qilsak söroq,
Dizaynerlikka xumor.
Aynura TURSUNBOYeVA,
55-sonli maktab öquvçisi.
Tuyğular
Qiş kelganda qişga oşiqmiz,
Qor yoğsa-ku telba bölamiz.
Bahor kelsa bahorni sevib,
Gul iforin qömsab qolamiz.
Zum ötmasdan xiyonat aylab
Yozni quçoq oçib kutamiz.
Gözal deymiz sayohat, taʼtil,
Dengizlardan baliq tutamiz...
Bir fasl bor, kuz uning nomi,
Xazon bosar izlarimizni.
Quvontirib keladi ammo
Yoşlab ketar közlarimizni...
Qiş keladi kiprik qoqqunça,
Hamma narsa ötkinçi göyo.
Fasllarning bari bevafo –
Odamlarning sevgisi röyo.
Komronbek Kamol.
VATAN UÇUN
Vatanimning işqida men,
Bedor böldim, bedor böldim.
Zarraça foydam tegmasa,
Bemor böldim, bemor böldim.
Gar Vatanni unutsam,
Beor böldim, beor böldim.
Insofi yöq insonlardan,
Bezor böldim, bezor böldim.
Kerak bölsa Vatan uçun,
Sarson böldim, sarson böldim.
Yurtim uçun kerakli bir –
Inson böldim, inson böldim.
Barno SAMANDAROVA,
35-sonli maktab öquvçisi.
Ustozlar va tillar
Örganaman erinmay,
Özbek tili öz tilim.
Guljahon ustoz nurday,
Yoritar göyo yölim.
Köngil qöysam bariga –
Qoraqalpoq tiliga,
Qamajay ustoz gözal –
Sözlar qozoq tilida.
Qozoq, özbek, rus tili,
Qoraqalpoq belgili.
Mehrimizni uyğotar,
Ingliz va nemis tili.
Tillarni örganamiz,
Va dunyoni taniymiz.
Asem Maratova,
24-sonli maktab öquvçisi.
Osmon gözal
Osmon köm-kök. Bulutlar uçar,
Uçib, sayrab yuradi quşlar.
Quyoş esa dunyoni yoritar,
Nurlar bilan osmon gözal.
Oltin baliq
Oltin kabi yaraqlab,
Baliqça suvda suzar,
Qanday tilaging bölsa,
Darrov bajo keltirar.
Elyor RAHIMOV,
30-sonli maktab öquvçisi.
Mening onam
Mening onam mehribon,
Dunyo içra yagona.
Baxtimizga umringiz,
Bölsin doim ziyoda.
Ona aziz, möʼtabar,
Farzandlarim deb yaşar.
Sönmas mehrin har qaçon
Qilar bizga armuğon.
Sevinç Otaniyozova,
30-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶