Amudaryo tumani hokimi S.Yöldaşevning Konstitutsiya kuni munosabati bilan taşkil qilingan tantanali tadbirdagi tabrik nutqi
Assalomu alaykum, qadrli vatandoşlar!
Avvalo, Sizlarni, sizlar orqali butun tumanimiz ahlini milliy davlatçiligimiz tarixidagi muhim sana – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yillik bayrami bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barçangizga özimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.
Qadrli döstlar!
1992-yil 8-dekabrda Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining ön birinçi sessiyasida mustaqil Vatanimiz tarixida ahamiyati va nufuzi jihatdan muhim hujjat – boş qomusimiz – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan edi.
Ötgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi, odamlarimizning dunyoqaraşi butunlay özgargani, har bir yurtdoşimiz mamlakatimizning taraqqiyotiga munosib hissa qöşayotgani Boş qomusimizning hayotbaxş qudrati va ulkan salohiyatidan dalolat beradi.
Ana şu ulkan salohiyatga tayanib, xalqimiz bugungi kunda murakkab sinovlarni mardona yengib, yurtimizda erkin, obod va farovon hayot – yangi Özbekistonni barpo etiş yölida fidokorona mehnat qilmoqda.
Keyingi yillarda hurmatli Prezidentimiz tomonidan “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” degan konstitutsiyaviy norma asosida mamlakatimizda xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqimizga xizmat qiladigan, Konstitutsiya va qonun ustuvor bölgan samarali va barqaror tizim şakllanmoqda.
Konstitutsiyamiz mohiyatiga çuqur singdirilgan demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat hamda insonparvarlik tamoyillarini taʼminlaş böyiça mamlakatimizda tizimli va ortga qaytmaydigan demokratik islohotlar amalga oşirilmoqda.
Boş Qomusimiz yurtimizda ozod demokratik jamiyat barpo etişning, amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning mustahkam qonuniy asosi, obod va farovon hayotimizning kafolati bölib xizmat qilmoqda.
Qadrli döstlar!
Bugun qaysi sohani olib qaramaylik, taraqqiyot va rivojlaniş, yangilaniş va özgarişlarga guvoh bölamiz. Bularning barçasi Asosiy qomusimizning 2-moddasida mustahkamlab qöyilgan “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor şaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masʼuldirlar” degan tamoyilning amaliy ifodasidir.
Tumanimizda ham barça sohalarda amalga oşirilayotgan islohotlar tufayli barqaror ösiş surʼatlari qayd qilinib, yuksak natijalarga erişilmoqda. Birgina joriy yilda tumanimizda 7 ta umumtaʼlim maktablarida 12 mlrd 860 mln sömlik, 4 ta maktabgaça taʼlim taşkilotlarida 4 mlrd 436 mln sömlik, 8 ta mahalla fuqarolar yiğinlari binolarida 3 mlrd 310 mln sömlik yangi quriliş, kapital va joriy taʼmirlaş işlari olib borildi.
Davlatimiz tomonidan tadbirkor va işbilarmonlarni qöllab-quvvatlaş va ular uçun şart-şaroit yaratiş borasida olib borayotgan işlar tufayli, tumanda joriy yilda 279 ta kiçik biznes subektlari yangidan taşkil etildi.
Eng asosiysi, joriy yilning ötgan 11 oyida tuman böyiça 684 ta yangi iş örinlari yaratildi. Buning asosiy qismi xotin-qizlar va yoşlar hissasiga töğri keldi.
Erişgan marralarimizning eng muhimi mamlakatimizni isloh etiş va demokratlaştiriş yölidan dadil borayotganimiz, eng asosiysi bugungi kunda yurtimizda yaratilayotgan şart-şaroitlar qatorida inson uçun oliy neʼmat – tinçlik va osoyiştalikning taʼminlanayotganidir. Bularning barçasi Konstitutsiyamizda belgilab qöyilgan adolatli va demokratik tamoyillarning izçillik bilan hayotga tatbiq qilinayotganining yorqin misolidir.
Aziz va muhtaram yurtdoşlar!
Siz, azizlarni, Sizning timsolingizda butun tumanimiz ahlini Konstitutsiya kuni bayrami bilan yana bir bor çin qalbimdan tabriklab, barçangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, şaxsiy va ijtimoiy hayotda katta muvaffaqiyatlar tilayman.
Xonadonlarimizni, gözal yurtimizni tinçlik-osoyiştalik, fayz-u baraka aslo tark etmasin!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶