MAHALLALARDA SUDYa VA AHOLI UChRAShUVI OʻTKAZILDI
Nukus shahridagi «Tele oray» , «Temir jol» , «Tungʻish qonis» “Turan” va “Tinishliq” mahallalarida Oliy Majlisi Senati raisi T.Norboyeva hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi M.Kamolovlar tomonidan tasdiqlangan “Qoraqalpogʻiston Respublikasida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni taʼminlash va korruptsiyadan holi hududga aylantirish boʻyicha Yoʻl xaritasi”ning 24-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida tadbirlar oʻtkazildi.
“Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarda ishtirok etgan Nukus tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyasi M.Karimboyeva hududlarda hukuqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi. Shuningdek, 2021-yil 29-oktyabr kuni qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida gi OʻRQ-726-sonli Qonuni bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodekslariga kiritilgan oʻzgartirishlarning mazmun-mohiyatini tushuntirdi. Tegishli maʼlumotlar va misollar keltirib, bu borada doimiy ravishda amalga oshirilishi lozim va shart boʻlgan chora-tadbirlar va vazifalar toʻgʻrisida batafsil soʻzladi.
Mazkur uchrashuvda fuqarolar yigʻinlarida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, mavjud muammolarni ham oʻrganib chiqdi. Yigʻilish ishtirokchilari kun tartibidagi masala yuzasidan oʻz taklif, fikr va mulohazalarini bildirib, seminar majlisi davomida oʻzlariga qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarini olishdi.
M.Karimboyeva, Nukus tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶