BÖŞAB QOLGAN DEPUTATLIK ÖRNI UÇUN KÖRSATILGAN NOMZODLAR BILAN SAYLOVÇILARNING UÇRAŞUVI ÖTKAZILDI
Şu yilning 28-noyabr kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşida böşab qolgan yigirma uçinçi Bobur saylov okrugida deputat saylovi ötkaziladi. Ayni kunlarda deputatlikka nomzodlar saylovçilar bilan uçraşib, öz saylovoldi dasturlari bilan taniştirmoqda.
Joriy yilning 28-noyabr kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşida böşab qolgan yigirma uçinçi Bobur saylov okrugida deputat saylovi ötkaziladi. Uşbu saylov jarayonini demokratik tamoyillarga qatiy rioya qilgan holda ötkaziş, saylovoldi tarğibot tadbirlarini yuqori saviyada taşkil etib, siyosiy partiyalardan körsatilgan deputatlikka nomzodlarning tarjimai holi va mehnat faoliyati bilan saylovçilarni yaqindan taniştiriş maqsadida 18-noyabr kuni 86-sonli maktabda nomzodlar va ularning işonçli vakillari iştirokida tarğibot tadbiri bölib ötdi.
Tadbirda Özbekiston "Milliy tiklaniş" demokratik partiyasidan nomzod Rasul Tajiboyev, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Oğabek Olloberganov, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati Özbekiston Liberal demokratik partiyasidan nomzod Sarvar Şukurullayev, Özbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Şavkat Yangiboyev, Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Mahmud Eşmanov hamda ularning işonçli vakillari, şuningdek, saylovçilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdilar.
Dastlab, deputatlikka nomzodlarning işonçli vakillari nomzodlarning tarjimai xoli va saylovoldi dasturlari bilan saylovçilarni taniştirib ötişdi va saylovda siyosiy partiyalardan körsatilgan munosib nomzodlar uçun ovoz berişga çaqirdilar.
Şundan söng, nomzodlar sözga çiqib, özlari aʼzo bölgan siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlarida belgilangan ustuvor yönalişdarni hayotga tatbiq qilişga va xalq oldidagi masuliyatni çuqur xis qilib, deputatlik vakolati doirasida barça muammolarni yeçişga harakat qilişga söz berişdi.
Deputatlikka nomzodlar bilan uçraşuv yiğilişida beşta siyosiy partiyadan körsatilgan nomzodlarning saylovoldi dasturlari saylovçilar tomonidan atrofliça muhokama etildi.
Xususan, Ekologik partiyasidan körsatilgan nomzod Şavkat Yangiboyevning atrof-muhit muhofazasi, iqlim özgarişlariga qarşi mamlakat miqyosida amalga oşirilişi közda tutilayotgan çora-tadbirlar, ona tabiatni asrab-avaylaş, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, çöllaniş holatlarining oldini oliş, şuningdek, özimiz yaşab turgan hududda tuproq ekologiyasi buzilişining oldini oliş, yaşil hududlarni yanada kengaytiriş borasidagi partiya dasturida belgilangan ustuvor vazifalar böyiça şaxsiy taşabbus va fikrlariga saylovçilar vakillari tomonidan ijobiy munosabatlar bildirildi.
Şuningdek, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan körsatilgan nomzod Rasul Tajiboyev, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Oğabek Ollaberganov, Özbekiston liberal-demokratik partiyasidan körsatilgan nomzod Sarvar Şukurullayev hamda Özbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengaşidan nomzod Mahmud Eşmanovlarning saylovoldi dasturlari hamda şaxsiy taşabbus va rejalariga saylovçilar öz munosabatlarini bildirişdi.
Deputatlikka nomzodlarning saylovoldi dasturlari yuzasidan bölgan muzokaralarda iştirok etgan saylovçilar vakillari nomzodlarga özlarini qiziqtirgan masalalar, ayniqsa, nomzod mabodo deputat bölib saylangan taqdirda xalq manfaati yölida asosan qaysi taşabbuslarni eng ustuvor vazifa hisoblaşlari xususida savollar bilan murojaat qildilar. Deputatlikka nomzodlar saylovçilar vakillari tomonidan tuşgan savollarga navbati bilan batafsil javob berdilar.
Oçiqlik va şaffoflik asosida, demokratik ruhda ötgan deputatlikka nomzodlar bilan uçraşuv saylovçilarning har bir nomzod aʼzo bölgan partiya dasturi haqida aniq va mufassal tuşunçaga ega bölişlarida muhim ahamiyat kasb etdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶