"OILADAGI ZOʻRAVONLIKKA BARHAM BERAMIZ" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI
Tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi binosida fuqarolar yigʻinlari raislari oʻrinbosarlari uchun "Oiladagi zoʻravonlikka barham beramiz" mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.
18-noyabr kuni oʻtkazilgan tadbirda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari M.Beknazarova, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlaaro markazi direktori G.Chimbaychiyeva, tuman FHDYo boʻlimi xodimi N.Oʻngarova va 49 nafar fuqarolar yigʻinlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirok etdilar.

Tadbirda ayollarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, ularga nisbatan zoʻravonlik holatlarining oldini olish, ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarni jamiyatdagi mavqeini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amaldagi ijrosi xususida soʻz yuritildi. Shuningdek, masʼullar maʼmuriy hududlarda yashovchi ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan oilalarni oʻz vaqtida aniqlab, ularga ijtimoiy, huquqiy va maʼnaviy jihatdan yordam koʻrsatish, huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslarni oʻz vaqtida aniqlab, ular bilan manzilli profilaktika ishlarini tashkil etish, har bir sodir etilgan huquqbuzarlikning sabab va sharoitlarini chuqur oʻrganish va tahlil qilish maishiy zoʻravonlikning oldini olish borasidagi muhim qadam ekanligini eʼtirof etishdi.
Tadbir yakunida masʼullar tomonidan "Zoʻravonlikka qarshi 16 kun" aktsiyasini oʻtkazish yuzasidan aholi va xotin-qizlarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha topshiriqlar berildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶