Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati ÖzLiDeP taşkil topganiga 18-yil tölişi munosabati bilan tadbirlar ötkazildi
Bundan 18-yil muqaddam mamlakatimizdagi eng nufuzli siyosiy partiya – Tadbirkolar va işbilarmonlar harakati Özbekiston Liberal demokratik partiyasi taşkil etilib, partiya aʼzolari mamlakat siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy hayotiga dadillik bilan kirib keldilar. Ötgan qisqa fursat – 18-yil davomida partiya tomonidan aholining hayot sifatini oşiriş maqsadida nafaqat siyosiy-iqtisodiy, balki ijtimoiy sohalarni rivojlantirişga qaratilgan jiddiy eʼtibor tufayli ilm-fan, taʼlim-tarbiya, soğlikni saqlaş, madaniyat va sanʼat, ommaviy axborot vositalari, jismoniy tarbiya va sport kabi sohalarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, zamon talablari darajasiga yetkazildi, mazkur sohalarda kadrlar salohiyati yuksaldi. Amalga oşirilayotgan islohotlar markazdan tortib to eng olis hududlargaça yetib borib, xalqimiz hayotida aks etmoqda. Yangilanişlar nafasi har bir soha, tarmoq, şahar va tuman, qişloq hamda mahallalarga kirib bordi.
Albatta, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal demokratik partiyasining vujudga kelişi va mamlakatda yetakçi siyosiy kuçga aylanişida tom maʼnoda partiyaning köp sonli aʼzolari bölgan tadbirkorlar va işbilarmonlarning tutgan örni alohida ahamiyatga ega.
15-noyabr – partiya taşkil topgan kun munosabati bilan Özbekiston Liberal demokratik partiyasi Amudaryo tuman Kengaşi tomonidan ötkazilgan tadbirlarda bu haqda atrofliça fikrlar bildirilib, partiya aʼzolari tomonidan partiyaning asosiy yetti yönalişidan iborat taraqqiyot strategiyasida adolat va qonun ustuvorligi – xalqçil davlat quriş, inson qadr-qimmatini taʼminlaşning eng asosiy va zarur şarti ekanligi, milliy iqtisodiyotni, uning ösiş surʼatlarini zamon talablari darajasida rivojlantiriş eng muhim strategik ahamiyatga ega vazifa ekanligi xalqimiz tomonidan alohida mamnuniyat bilan eʼtirof etilayotgani qayd etildi.
Partiya taşkil topgan kun munosabati bilan partiyaning tuman Kengaşi tomonidan amalga oşirilgan ijtimoiy-maʼnaviy ahamiyatga ega tadbirlarda partiya aʼzolari, şu bilan birga aholi vakillari ham iştirok etişdi.
Xususan, 17-noyabr kuni taşkil etilgan xayriya tadbirida Özbekiston Liberal demokratik partiyasi Amudaryo tuman Kengaşi apparat rahbari Madamin Kazakov, partiyaning Amudaryo tuman Kengaşi ijroçi kotibi Fozilbek Qurbonboyev hamda Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati Tamara Yusupovalar Yuqori qişloq, Toşqalʼa hamda Beşovul mahallalarida bölişib, mazkur hududdagi saylovçilar bilan uçraşdilar.
Deputat, “Tamara tekstil” masʼuliyati çeklangan jamiyati rahbari Tamara Yusupova saylovçilar hayotiga oid muammoli masalalar bilan tanişib, ular tomonidan tuşgan savollarga atrofliça javob berdi. Ayrim muammoli masalalarni örganiş va tuman Kengaşidagi masʼul komissiyalarga sörovnoma kiritiş maqsadida yon daftariga qayd etib qöydi.
Şundan söng, deputat hududdagi “Temir daftar” röyxatiga kiritilgan oilalarning farzandlariga özi rahbarlik qilayotgan korxona tomonidan tayyorlangan issiq kiyim-keçaklar sovğa qildi.
Özbekiston Liberal demokratik partiyasi taşkil topganiga 18-yil tölişi munosabati bilan tumanimizdagi öquv maskanlarida, jamoat taşkilotlarida ham ijtimoiy-maʼnaviy ahamiyatga molik tadbirlar ötkazildi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶