16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:33
Jamiyat 👁 191

Olmazor va Gulzor mahallalari hududidagi yoʻllarda qurilish-taʼmirlash ishlari olib borildi

Olmazor va Gulzor mahallalari hududidagi yoʻllarda qurilish-taʼmirlash ishlari olib borildi

Maʼlumki, 2020-yilning 11-noyabr sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasining mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan ishlab chiqarish va investitsiya salohiyatidan samarali foydalanish, hududda muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, shu asosda aholi bandligini taʼminlash va turmush darajasini oshirish maqsadida “2020 — 2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qarorda 2020 — 2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilanib, ulardan biri boʻlgan muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish sohasida qator vazifalar belgilab berildi.

Amudaryo tumanida bu boradagi vazifalar ijrosini taʼminlash, xususan, yoʻl-transport infratuzulmasini rivojlantirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tumandagi Olmazor va Gulzor mahallasi hududlariga salomatlik yoʻlakchasini qurish boʻyicha 7,1 km uzunlikdagi velosiped va piyodalar yoʻlakchasini hamda 1,6 km uzunlikdagi avtomobil yoʻliga asfalt qoplamasini yotqizish ishlari rejalashtirilgan boʻlib, ushbu calomatlik yoʻlakchasini qurish ishlari pudratchi tashkilot “Jayhun yoʻl qurilish” MChJ tomonidan olib borilmoqda.

Hozirda mazkur pudratchi tashkilot tomonidan Olmazor va Gulzor mahallasi hududlariga 5 km uzunlikda velosiped va piyodalar yoʻlakchasi  qurilishi oʻz nihoyasiga yetkazilgan boʻlib, 1,6 km uzunlikdagi avtomobil yoʻliga asfalt qoplamasi yotqizilgan. Olmazor va Gulzor mahallalari hududidagi Barkamol avlod koʻchasi shaharning markaziy koʻchalaridan biri boʻlib, ushbu koʻchadan oʻtuvchi yoʻlning taʼmirlanishi hamda asfalt qoplamasi yotqizilishi, hudud aholisi, piyodalar va avtomobil boshqaruvchilari uchun katta qulayliklar yaratdi.

Ushbu koʻchada tumandagi qator maktabgacha taʼlim muassasalari, 82-sonli umumtaʼlim maktabi, Xotira maydoni va Istirohat bogʻi, tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi binosi joylashgan boʻlib, piyodalar va transport vositalari eng koʻp harakatlanishlarni amalga oshiradigan hudud hisoblanadi. Hududdagi yoʻl ancha taʼmirtalab holga kelib qolganligi sababli aholi vakillari hamda transport vositalari boshqaruvchilari uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotgan edi.

Yoʻlning taʼmirlanganligi hamda velosiped va piyodalar yoʻlakchasining qurilgani markaziy koʻchada kelib chiqishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarning, transport vositalari, piyodalar bilan sodir etilishi mumkin boʻgan nohush holatlarning oldi olindi.

Shu oʻrinda maʼlumot tariqasida aytish kerakki, joriy yilda tumandagi taʼmirtalab holga kelib qolgan yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Tumandagi jami 14 ta mahallalar hududlarida loyiha qiymati 9 mlrd. 432,7 mln soʻm boʻlgan 41,235 km ichki yoʻllarni taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan. Ushbu rejani amalga oshirish boʻyicha pudratchi tashkilotlar tomonidan 7 mlrd. 787,4 mln.soʻm mablagʻ hisobidan 5,252 km ichki yoʻllarga asfalt qoplamasi va 35,91 km ichki yoʻllarga tosh yotqizish ishlari bajarilgan.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019