24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 23:41
Jamiyat 👁 339

YuRT TINChLIGI, JAMIYaT OSOYIShTALIGINI ShARAF BILAN ASRAYMIZ

YuRT TINChLIGI, JAMIYaT OSOYIShTALIGINI ShARAF BILAN ASRAYMIZ

Jamiyatda barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish, inson huquq va erkinliklariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirish, huquqiy demokratik davlat qurish hamda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar samaradorligini taʼminlashda ichki ishlar organlarining samarali faoliyati ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda barcha sohalar singari ichki ishlar tizimida ham keng koʻlamli va puxta oʻylangan islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, ichki ishlar organlarini el-yurt manfaatiga xizmat qiladigan chinakam xalqchil tizimga aylantirish yoʻlida katta ishlar olib borilmoqda.

Aytish kerakki, “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonun bilan 25-oktyabr – Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni sifatida belgilanib, har yili ushbu sanada soha xodimlari uchun katta bayram tadbirlari tashkil etilib, ayyom tantanali ravishda nishonlanadi. Bu yil ham soha xodimlarining kasb bayramlari munosib tarzda oʻtkazilib, joylarda bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.

Bugungi kunda soha xodimlarining jamoat tartibi va tinchlik-osoyishtalikni saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi fidokorona xizmati, ayniqsa, ularning pandemiya sharoitida koʻrsatayotgan jonbozliklari tahsinga loyiq.

Tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi vazifalarini masʼuliyat bilan ado etishmoqda. Boʻlimda ichki ishlar organlari xodimlarining samarali faoliyat olib borishlari uchun barcha qulayliklar, shart-sharoitlar hamda keng imkoniyatlar yaratilgan boʻlib, xodimlar zamonaviy sport jihozlari oʻrnatilgan sport zallarida jismoniy chiniqish amaliyotlarini bajarib kelmoqdalar. Shuningdek, boʻlimdagi barcha xonalar kompyuter jamlanmalari hamda zamonaviy mebellar bilan taʼminlangan.

Tuman IIB tomonidan jamiyatda tinchlikni saqlash, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni taʼminlash, uyushgan jinoyatchilik, korruptsiya, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, huquqbuzarlikning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni oʻz vaqtida fosh qilish, shuningdek, har qanday favqulodda hodisalar sodir etilishining oldini olish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.  Bu borada tuman IIB jamoatchilik vakillari va boshqa masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda qator tezkor-profilaktik tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Joriy yilning shu davriga qadar tuman hududida sodir etilgan umumiy jinoyatchilik soni 155 tani tashkil qilib, nomusga tegish, bosqinchilik, talonchilik va transport vositasini olib qochish kabi ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etilishining oldi olindi.

Jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan profilaktik chora-tadbirlar natijasida tumandagi 49 ta mahallalarning 24 tasida birorta ham jinoyat sodir etilmadi.

Boʻlim tomonidan, tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, Tibbiyot birlashmasi, Xalq taʼlimi boʻlimi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, tijorat banklari va Yoshlar ishlari agentligi masʼul xodimlari bilan hamkorlikda probatsiya hisobida turgan mahkumlardan 47 nafarining ishga joylashishida, 1 nafariga turar joy bilan taʼminlanishida, 4 nafariga isteʼmol kreditlari olishida, 21 nafariga tibbiy, 27 nafariga moddiy, 7 nafariga maishiy va 8 nafariga turli shartnomalar tuzishda huquqiy yordamlar koʻrsatildi.

Shuningdek, tuman Ichki ishlar boʻlimi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasining profilaktika inspektorlari, sohaviy xizmatlar xodimlari hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ular oʻrtasida xuquqbuzarlikka qarshi kurash, vatanparvarlikni targʻib qilish, ommaviy madaniyat taʼsiriga tushishining oldini olish borasida muntazam ravishda profilaktik tadbirlar, davra suhbatlari va ochiq muloqotlar oʻtkazilmoqda.

Natijada bu boradagi koʻrsatkich oldingi yillarga nisbatan ancha kamaydi. Bu esa oʻz oʻrnida tuman Ichki ishlar boʻlimi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi profilaktika inspektorlarining salmoqli faoliyat olib borganliklari samarasi hisoblanadi.

Qolaversa, soha xodimlarining tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda jamoatchilik institutlari, mahalla faollari bilan hamkorlikda tizimli ishlar olib borish natijasida jinoyat va huquqbuzarliklar soni kamaymoqda. Bu borada mahallalarda yashovchi jinoyat qilishga moyil shaxslar alohida nazoratga olingan boʻlib, tarbiyaviy profilaktik ishlar tashkil etilgan. Ularga mahallalar faollari orasidan murabbiylar biriktirilishi natijasida sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatlarning oldi olindi.

Joriy yilning shu davriga qadar jami 242 nafar shaxs profilaktik hisobga olingan boʻlib, oʻtgan davr ichida tuman IIB xodimlari, mahalla faollari, jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda har biri bilan yakka tartibda 859 marotaba profilaktik ishlar amalga oshirildi. Olib borilgan samarali tadbirlar natijasida profilaktik hisobda turgan shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmadi.

IIBning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi ham sohaga kiritilayotgan oʻzgarishlar, olib borilayotgan yangi islohotlar ijrosini taʼminlashda samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Xususan, joriy yilning shu davriga qadar boʻlim tomonidan  tumandagi 11382 nafar fuqarolarning tegishli maʼlumotlari qabul qilinib, ularga xorijga chiqish biometrik parsportlari rasmiylashtirib berildi.

Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID kartalarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan biometrik pasport oʻrniga identifikatsiya ID kartalarini joriy etish belgilanganidan soʻng, murojaat qilgan fuqarolarga shu kunning oʻzida rasmiylashtirilib berilmoqda. Bu borada boʻlimga joriy yil boshidan jami 3923 nafar fuqaro murojaat qilgan boʻlib, ularning hujjatlari toʻliq ID kartaga almashtirildi.

Joriy yilning shu davriga qadar boʻlimga 17 nafar fuqarolarning fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasini olish uchun murojaatlari kelib tushgan, 2 nafar chet el fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish uchun murojaat qildi. Ushbu murojaatlar oʻz oʻrnida tegishlicha qanoatlantirildi. 

Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi xodimlari tomonidan yoʻl-transport hodisalarining oldini olish borasida tizimli ishlar olib borilib, joriy yilning shu davriga qadar 32 marotaba reydlar va koʻchma radarlar tashkil qilindi. Tezkor tadbirlarda 11462 ta maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlanib, tegishli jazo choralari koʻrilgan. Yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan mahallalarda 38 ta va oʻquv muassasalarda 89 ta targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazildi.

Kasb bayramimiz arafasida sohada fidoyilik bilan mehnat qilgan hamda oʻz kasbiga boʻlgan cheksiz mehri bilan Vatan oldidagi farzandlik burchini oʻtagan, xizmat vaqtida bevaqt hayotdan koʻz yumgan ichki ishlar organlari xodimlari xonadonlariga tashrif buyurib, oila aʼzolari holidan xabar olindi. 

Doʻstlik mahallasidagi IIBda vaqtinchalik saqlash hibsxonasi xodimi boʻlib xizmat qilgan va xizmat vaqtida vafot etgan Ulugʻbek Bozorboyev xonadonida uning oila aʼzolari bilan dildan suhbat qurib, xotirasi yodga olindi. Shuningdek, bayram munosabati bilan boʻlim xodimlari Toshqalʼa mahallasidagi profilaktika inspektori lavozimida samarali faoliyat yuritib, xizmat chogʻida olamdan oʻtgan Azimboy Xoʻjakov xonadoniga tashrif buyurdilar hamda oila aʼzolari holidan xabar oldilar. Masʼullar qoʻriqlash boʻlimi xodimi boʻlib xizmat qilgan, oʻz xizmat vazifasini ado etayotganida hayotdan koʻz yumgan Ortiqboy Yakubov xonadoniga ham bordilar  va oila aʼzolarini bayram bilan tabrikladilar. Bayram munosabati bilan marhumlarning oila aʼzolariga esdalik sovgʻalari berildi.

Taʼkidlash kerakki, bugungi kunda yuzaga kelayotgan xavf-xatar va tahdidlar, avvalo, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, yoshlar oʻrtasida xalqimizga yot gʻoyalar tarqalishining tobora kuchayib borayotganligi ichki ishlar organlari oldiga oʻz vaqtida ularning oldini olish va ularga barham berish boʻyicha yangi vazifalarni qoʻymoqda. Biz ushbu vazifalarni sharaf bilan ado etamiz va elimiz tinchligi, jamiyat osoyishtaligini asrashga oʻzimizni masʼul deb bilamiz.

Shu fursatdan foydalanib, mashaqqatli va sharafli kasb egalari boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlarini 25-oktyabr – kasb bayramlari bilan samimiy tabriklayman. El-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida xizmat qilishlarida ularga kuch-gʻayrat va matonat, mustahkam sogʻlik, gʻoyat masʼuliyatli va serqirra faoliyatlarida yangi zafarlar tilayman.

Ulugʻbek Xudoyberganov,

tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026