QIPÇOQ DAVLAT ÖRMON XÖJALIGIDA MAXSUS-TAKTIK ÖQUV MAŞĞULOTI ÖTKAZILDI
Qipçoq davlat örmon xöjaligida “Obʼektda sodir bölgan texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etişdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik öquv maşqi ötkazildi.
Öquv maşqida Qipçoq davlat örmon xöjaligi direktori örinbosari Rustam Dosmanov, tuman Favqulodda vaziyatlar bölimining bölinma boşliği kapitan Bekzod Tajibayev, tuman Favqulodda vaziyatlar davlat tuzilmasining tegişli xizmatlari va Qipçoq davlat örmon xöjaligining maʼsul xodimlari iştirok etdilar.
Tadbir Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining Raisi – Fuqaro muhofazasi boşliğining şu yil 22-yanvardagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş böyiça 2020-yilda amalga oşirilgan tadbirlar va 2021-yilda ustuvor vazifalar töğrisida”gi buyruği talablari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining tegişli körsatmalariga asosan taşkil etildi.
Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda obʼekt rahbarlar tarkibi hamda fuqaro muhofazasi şaxsiy tarkibining töğri harakat qiliş könikmalarini takomillaştiriş maqsadida taşkil etilgan uşbu öquv maşğuloti ikki bosqiçda ötkazildi. Birinçi bosqiçda obʼektda tuman Favqulodda vaziyatlar davlat tuzilmasi xizmatlari bilan saf körigi taşkil etildi.
Ikkinçi bosqiçda örmon xöjaligida yonğin sodir bölganda jabrlanganlarni xavfsiz hududga olib çiqiş, birinçi tibbiy yordam körsatiş, yonğinni bartaraf etiş kabi harakatlar bajarildi.
Undan taşqari, boşqaruv organi va fuqaro muhofazasi şaxsiy tarkibiga yonğin öçiriş va qutqaruv işlariga tayyorgarlikni kuçaytiriş lozimligi tuşuntirildi. Şuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda fuqaro muhofazasi şaxsiy tarkibining öz majburiyatlarini aniq va töğri bajarişi amaliyotda sinaldi va kamçiliklar örganilib, bartaraf etiş çoralari körildi. Tuman fuqaro muhofazasi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari yanada takomillaştirildi.
Öquv maşqiga Qipçoq davlat örmon xöjaligi obʼektining rahbar tarkibi va obʼekt fuqaro muhofazasi tuzilmasidan 17 nafar kişi va 3 ta texnika jalb etildi. Tuman Favqulodda vaziyatlar bölimidan 7 nafar xodim va 1 ta yonğin öçiriş avtomaşinasi, tuman Içki işlar bölimidan 3 nafar xodim va 1 ta maxsus texnika, elektr taʼminoti korxonasidan 4 nafar kişi va 2 ta texnika, Hududgaz gaz taʼminoti korxonasidan 6 nafar kişi va 1 ta maxsus texnika iştirok etdi.
Şuningdek, tuman Sanitariya epidemiologiya osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmatidan 8 nafar kişi va 1 ta maxsus texnika, Toza hudud davlat unitar korxonasidan 2 nafar kişi va 1 ta maxsus texnika, tuman Yöllardan foydalaniş unitar korxonasidan 1 nafar kişi, Suv taʼminoti bölimidan 4 nafar kişi qatnaşdi. Tadbirda 56 nafar kişi va 10 ta maxsus texnikalar iştiroki taʼminlandi.
X.Matyakubov, tuman FVB boşliği podpolkovnik.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶