Paxta yetishtirish rejasini ortigʻi bilan bajargan ilgʻor fermerlar ragʻbatlantirildi
Amudaryo tumanidagi gʻalla va paxta yetishtiruvchi fermerlar sohadagi yangi imkoniyatlardan foydalanib, qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirishga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshib kelmoqdalar. Joriy yilgi paxta xirmonini barpo etishda tumanimizdagi barcha fermerlar eng ilgʻorlar safidan joy olishga astoydil harakat qilmoqdalar hamda ularning mashaqqatli mehnatlari evaziga tumanimizda yuksak paxta xirmoni barpo etilmoqda.
3-noyabr kuni tuman hokimligida qishloq xoʻjaligi sohasida samarali mehnat qilayotgan, joriy yilgi paxta rejasini ortigʻi bilan bajargan ilgʻor fermerlarni ragʻbatlantirish, ularni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman hokimining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Fayzulla Saʼdullayev, qishloq xoʻjaligi soha masʼullari, fermerlar hamda hokimlik masʼul xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev soʻzga chiqib, mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan agrar sohani yanada tarqaqqiy toptirishga aʼohida eʼtibor qaratilayotgani, shu maqsadda imzolangan “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror bilan soha rivojiga toʻsiq boʻlayotgan omillar tubdan oʻzgartirilgani, mazkur qaror bobodehqonlarimizning oʻgʻirini yengil, birini ikki qiladigan tarixiy hujjat boʻlganligi xususida toʻxtaldi.
Shuningdek, tuman hokimi tumanimizning agrar sohada respublikada eng ilgʻorlar safidan joy olishida fermerlarimizning hissasi beqiyosligini taʼkidlab, joriy yilgi paxta rejasini ortigʻi bilan bajargan fermerlarni tabrikladi hamda ularga qishloq xoʻjaligini rivojlantirishdagi mislsiz mehnatlari uchun minnatdorchilik izhor etdi.
Tadbirda tuman hokimining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Fayzulla Saʼdullayev hamda fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Ilhom Polvonovlar soʻzga chiqib, tumanning qishloq xoʻjaligi sohasida erishayotgan yutuqlari, sohaga kiritilayotgan yangi zamonaviy texnologiyalarning amaliyotga tatbiq etilayotgani, sohadagi ishlar salmogʻi tobora ortib borayotgani xususida soʻz yuritdilar hamda ilgʻor fermerlarni erishgan yuqori natijalari bilan tabrikladilar.
Tadbir mobaynida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev agrar sohada faoliyat yuritayotgan bir guruh faol fermerlarga sohadagi koʻp yillik fidokorona mehnati, barcha ekinlardan moʻl hosil yetishtirib, xalqimizning rizq-roʻzi va turmush farovonligi, mamlakatimizning iqtisodiy qudrati va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash ishlariga qoʻshgan salmoqli hissasi hamda joriy yilgi paxta rejasini ortigʻi bilan bajarganliklari munosabati bilan tuman hokimligining tashakkurnomasi hamda esdalik sovgʻalarini topshirdi. Tadbirda fermerlar bu kabi eʼtibor hamda ragʻbatdan gʻoyat xursand ekanliklarini izhor etib, buning uchun masʼullarga minnatdorchilik bildirdilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶