“AMUDARYo” FUTBOL JAMOASI MAMLAKAT ChEMPIONATIDA IKKINChI OʻRINNI EGALLADI
Keyingi yillarda bolalar sportini rivojlantirish va ommalashtirishga berilayotgan eʼtibor yosh sportchilar erishayotgan yutuqlarda namoyon boʻlayotir. Eʼtiborlisi, tumanimiz Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari turli musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib, iqtidorini, salohiyatini koʻrsatishayapti.
Shu yilning 25-oktyabridan 30-oktyabrigacha 14 yoshgacha boʻlgan qiz bolalar orasida Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati bahslarida sport maktab yosh futbolchilari ikkinchi oʻrinni egallab, tumanimizga yorugʻ yuz bilan qaytdilar. Ular barcha bosqichlarda raqiblaridan ustun kelishib, hal qiluvchi final bahsida Toshkent viloyatidan kelgan tengdoshlariga yutqazib qoʻyishdi.
Shu tariqa tumanimiz yosh futbolchi qizlari mamlakat chempionatida faxrli ikkinchi oʻrinni egallashdi.
Buxoro viloyati mezbonlik qilgan ushbu chempionatda “Amudaryo” jamoasining gʻalabasi butun amudaryoliklar uchun quvonarli xabar boʻldi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶