Saylovda yoshlar ham faol ishtirok etmoqda
Mashhura Xolmatova, 107-saylov uchastkasi hududidagi eng yosh saylovchi: - Men 20-oktyabrda 18 yoshga toʻldim. Bu kun men uchun qoʻshaloq quvonchni hadya etdi. Chunki men shu sanada balogʻat yoshiga yetdim va hayotimda birinchi marta oʻz fuqarolik huquqimdan foydalanib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish baxtiga musharraf boʻldim.
Bugun men nafaqat oʻz kelajagim, balki minglab tengdoshlarim, ona Vatanim kelajagi uchun ovoz beraman. Buning uchun siyosiy partiyalardan koʻrsatilgan barcha nomzodlarga dilimda cheksiz hurmat saqlagan holda, ularning saylovoldi dasturlari bilan mukammal tanishib chiqdim va 107-saylov uchastkasi tomonidan tashkillashtirilgan saylovoldi targʻibot-tashviqot tadbirlarida ishtirok etish orqali yuragida ona Vatan kelajagi uchun daxldorlik tuygʻusi eng kuchli nomzodni tanladim.
Saylov – men uchun haqiqiy bayram va hayotimdagi eng quvonchli, baxtli kun. Men oʻzim tanlagan, elim, yurtim, degan fidoyi nomzod uchun ovoz beraman.
Robiya YOʻLDOShEVA, yozib oldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶