"KELAJAK UChUN OVOZ BERAMAN" ShIORI OSTIDA TARGʻIBOT TADBIRI OʻTKAZILDI
OʻzMTDP tuman Kengashi tomonidan "Kelajak uchun ovoz beraman" shiori ostida Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovning saylovoldi dasturini keng targʻib qilish maqsadida saylovoldi targʻibot tadbiri tashkil etildi.
14-oktyabr kuni 64-sonli maktabda boʻlib oʻtgan tadbirda OʻzMTDP tumani Kengashi faollari, oʻqituvchilar ishtirok etdilar.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar Prezident saylovining oʻziga xos jihatlari, Saylov kodeksi, saylov qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartish hamda qoʻshimchalarning mazmun-mohiyati haqida batafsil soʻz yuritib, maʼlumot berishdi.
Shuningdek, uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga Oʻzbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirovning tarjimai holi hamda saylovoldi dasturi bilan tanishtirildi. Tadbirda ishtirokchilar saylovoldi dastur boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, batafsil javoblar oldilar.

Fotima Eshimbetova, OʻzMTDP tuman Kengashi ijrochi kotibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶