Muddatidan oldin ovoz beriş jarayoni davom etmoqda
Maʼlumki, dunyodagi eng muhim demokratik jarayonlardan biri – bu saylovlardir. Ötkaziladigan har bir saylov jamiyat hayotining ertasini belgilab berişda beqiyos örin tutadi. Çunki erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini demokratik saylovlarsiz tasavvur qilib bölmaydi.
Uşbu jarayonda har bir davlat va jamiyatda xilma-xil fikrlar, odamlarning xohiş irodasi, orzu-umidlari, ijtimoiy kayfiyati yaqqol namoyon böladi. Şu sababli, mazkur siyosiy jarayonni qonun normalari va xalqaro standartlar asosida taşkil etişga alohida eʼtibor qaratiladi.
Mamlakatimizda joriy yil ötkaziladigan muhim siyosiy jarayon – Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida saylovçilarning faol iştirokini taʼminlaş maqsadida barça şart-şaroitlar, qulayliklar hamda imkoniyatlar yaratilmoqda.
Ayni kunlarda Prezident saylovini ötkaziş maqsadida tuzilgan barça saylov uçaskalarida bölgani kabi Amudaryo tumanidagi saylov uçastkalarida ham muddatidan oldin ovoz beriş jarayonlari bölib ötmoqda. Saylov qonunçiligiga köra saylov kuni öz yaşaş joyida böliş imkoniyatiga ega bölmagan saylovçi muddatidan oldin ovoz beriş huquqiga ega ekanligi belgilangan bölib, muddatidan oldin ovoz beriş saylovga ön kun qolganida boşlanadi va saylovga uç kun qolganida tugallanadi. Şundan kelib çiqib, 2021-yil 14-20-oktyabr kunlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz beriş jarayonlari taşkil etilmoqda.
Aytiş kerakki, qonunçilikda saylov kuni yaşaş hududida böla olmaydigan saylovçilar uçun muddatidan oldin ovoz beriş va axborot texnologiyalari orqali turgan joyda saylov uçastkasini boşqa hududdagi saylov uçastkasiga özgartiriş kabi qator imkoniyatlar mavjud bölib, muddatdan oldin ovoz beriş huquqi saylov kuni öz yaşaş joyida böliş imkoniyatiga ega bölmagan saylovçiga beriladi hamda saylovçi muddatdan oldin özi munosib deb topgan nomzodiga ovoz beradi.
Uşbu jarayonning amalga oşirilişi Özbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 57-moddasida belgilab qöyilgan bölib, unga köra muddatidan oldin ovoz berişni amalga oşiriş uçun saylovçi saylov kunida böla olmasligining sabablari körsatilgan ariza asosida tegişli uçastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini oladi. Saylovçi saylov byulletenini olganligi haqida tegişli uçastka komissiyasining kamida ikki nafar aʼzosi hozirligida saylovçilar röyxatiga imzo qöyadi.
Saylov byulleteni maxsus jihozlangan yaşirin ovoz beriş kabinasida yoki xonasida saylovçi tomonidan töldiriladi. Saylovçi qaror qabul qiladi va töldirilgan saylov byulletenini yopiq konvertda qoldiradi, konvert tegişli uçastka saylov komissiyasining seyfida saqlanadi. Konvertning yelimlangan joyiga uçastka komissiyasining ikki nafar aʼzosining imzolari qöyilib, ular komissiyaning muhri bilan tasdiqlanadi.
Qonunçilikka köra tumanimizdagi saylov uçastkalarida ötkazilayotgan muddatidan oldin ovoz beriş jarayonlari soat 9:00 dan soat 19:00 ga qadar davom etmoqda. Şuningdek, muddatidan oldin ovoz beriş jarayonlarini taşkil etişda saylovçilarning barça karantin qoidalariga amal qilişlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Saylovçilarning binoga kirişida tana harorati ölçanib, ularning himoya niqobi bilan taʼminlanganligi, ijtimoiy masofaga rioya qilişi nazorat qilinmoqda. Saylovçilarning qöllariga antiseptik vositalar sepilib, dezinfektsiya qilinmoqda.
Şu örinda saylaş huquqiga ega bölgan barça yurtdoşlarimizni uşbu muhim siyosiy tadbirda faol iştirok etib, öz konstitutsiyaviy burçlaridan foydalangan holda özlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berişga çaqiramiz.
Javohir Örozboyev, Qoraqalpoğiston Respublikasi “Kelajak liderlari” klubi aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶