PREZIDENT SAYLOVI – DEMOKRATIYaNING XALQChIL KOʻRINIShI
Maʼlumki, mamlakatimizda 2021-yil 24-oktyabrda boʻlib oʻtadigan muhim siyosiy tadbir – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida fuqarolarning ishtiroki, avvalo, jamiyatning siyosiy-huquqiy saviyasi qay darajada ekanini belgilaydi.
Konstituttsiyamizning 7-moddasida xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai ekanligi, 32-moddasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda oʻz vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egaligi belgilab qoʻyilgan. Demak, fuqarolar Konstitutsiyamizda belgilab qoʻyilgan siyosiy huquqlaridan foydalangan holda saylovlarda ishtirok etadilar.
Saylovni oʻtkazishda saylovchilar bilan uchrashuvlar muhim ahamiyatga ega. Respublika maxsus komissiyasining 2021-yil 19-avgustdagi qarori bilan barcha siyosiy partiyalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi davrida nomzodlar va ishonchli vakillarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini oʻtkazishga ruxsat berildi.
Bunda siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazishda ishtirokchilar oʻrtasida ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqobda boʻlish, antiseptik vositalardan foydalanishga rioya etish kabi sanitariya-gigiyena va karantin talablariga rioya etishga hamda uchrashuvlarga taklif etilayotgan fuqarolarning koronavirus infektsiyasiga qarshi emlanganligiga eʼtibor qaratish tavsiya etildi.
Saylov Kodeksiga muvofiq, har bir saylovchi bir ovozga ega. Boshqa saylovchilar uchun ovoz berish qonunda qatʼiyan maʼn etilgan. Mamlakatimizda oʻz mustaqil fikri va hayotiy pozitsiyasiga tayangan holda munosib nomzodga ovoz berish qonun bilan kafolatlangan.
Men yurtdoshlarimizni Konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda Prezident saylovida faol ishtirok etishga chaqiraman.
Oxunjon SABUROV,
Toshkent shahridagi Yuridik texnikum talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶