18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 21:43
Jamiyat 👁 239

Kuyuk koʻpir hamda Nazarxon ovullarida mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy muammolar bartaraf qilinmoqda

Kuyuk koʻpir hamda Nazarxon ovullarida mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy muammolar bartaraf qilinmoqda

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush darajasida sezilarli ijobiy oʻzgarishlarga erishish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqsadda hududlarni sektorlarga boʻlib ishni tashkil etish tizimining joriy etilganligi xalq bilan manzilli muloqotning yoʻlga qoʻyilishiga imkon yaratdi.

Qisqa davr mobaynida mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish, birinchi navbatda, qishloq joylarida aholi uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish, shuningdek, islohotlarni amalga oshirishda fuqarolarning bunyodkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarishga qaratilgan qator muhim davlat va hududiy dasturlar, qonun hujjatlari qabul qilindi.

Amalga oshirilgan bu kabi keng koʻlamli islohotlarning davomi sifatida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan butun mamlakatimiz boʻylab hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy muammolari mavjud boʻlgan fuqarolar yigʻinlari aniqlanib, ularni bartaraf qilish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Xususan, Amudaryo tumanidagi Kuyuk koʻpir hamda Nazarxon ovullari ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy muammolar mavjud boʻlgan hududlar sifatida topilib, ulardagi kamchiliklarni tuzatish maqsadida qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, har ikkala ovul hududida quvvati 400 kilovatt boʻlgan 5 ta transformator punktlarini oʻrnatish, elektr tayanch ustunlarini yangidan oʻrnatish, yangi elektr liniyalarini tortish, ichki yoʻllarga tosh-shagʻal aralashmasini yotqizish, piyodalar yoʻlakchasini qurish, tungi yoritgich chiroqlarini oʻrnatish ishlari belgilanib, ularni amalga oshirish boʻyicha tizimli ishlar qilinmoqda.

Xususan, Kuyuk koʻpir hamda Nazarxon ovullarida joriy yilning sentyabr oyi holatiga transformator punktlari olib kelinib, ularni oʻrnatish ishlari boshlab yuborildi, elektr tayanch ustunlari oʻrnatilishi ovullardagi belgilangan hududlarga olib borilmoqda hamda elektr tarmoqlarini tortish ishlari bajarilmoqda.

Nazarxon ovulida 2 ta aholi punktiga tozalangan ichimlik suvi inshootini qurish, ichki yoʻllarga tosh-shagʻal aralashmasini yotqizish, piyodalar yoʻlakchasini qurish, tungi yortigich chiroqlarini oʻrnatish, hududdagi 58-sonli maktab binosini mukammal taʼmirlash, mazkur maktab va 66-sonli maktab binolarini mebel jihozlar bilan taʼminlash, 3-sonli maktabga sunʼiy qoplamali mini futbol maydonchasini qurish ishlari ayni kunlarda jadal surʼatlarda olib borilmoqda.

Shu kungacha 3 ta koʻchaning tuproq ishlari yakunlanib, 1,5 km qismiga tosh-shagʻal aralashmasi yotqizildi. Pudratchi tashkilot tomonidan piyodalar yoʻlakchasining 680 metr qismiga beton quyildi. Rejadagi tungi koʻcha yoritish chiroqlari 100 foiz oʻrnatildi.

58-sonli maktabda isitish tizimi toʻliq qurib bitkazildi. Polga kafel yotqizish, ichki va tashqi pardozlash ishlari sifatli tarzda bajarilmoqda. 3-sonli maktabda futbol maydonchasi qurilishi belgilangan hududga qurilish materiallari olib borilib, beton quyish ishlari bajarilmoqda.

Kuyuk koʻpir ovuli hududidagi 5 ta koʻchaga 1,7 km uzunlikda tosh-shagʻal yotqizilib, hozirda koʻchalarga yotqizilgan tosh-shagʻal materiallari maxsus texnika yordamida tekislanmoqda. Koʻchalarga tungi yoritish chiroqlarini oʻrnatish ishlari tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.

Ovulda joylashgan 19-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosida tashqi suvoq ishlari va ichki pardozlash ishlari bajarilmoqda, deraza va eshiklar yangidan oʻrnatilmoqda.

Shu kungacha ovul hududdagi 5 ta koʻchaga 1,7 km uzunlikda tosh shagʻal aralashmasi yotqizildi. Xozirda koʻchalarga yotqizilgan tosh-shagʻal materiallari maxsus texnika yordamida tekislanmoqda. Ovul hududidagi yoʻllar yonida 1,4 km uzunlikdagi piyodalar yoʻlakchasi qurib bitkazilib, beton qoplamasi toʻshaldi.

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Ovulning markaziy koʻchalari boʻyida tungi yoritish chiroqlarini oʻrnatish ishlari olib borilmoqda.

Joriy taʼmirlanishi koʻzda tutilgan 19-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosida tashqi suvoq ishlari va ichki pardozlash ishlari bajarilmoqda, deraza va eshiklar yangidan oʻrnatilmoqda.

Aytish kerakki, mamlakatimizda islohotlarning yangi bosqichida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish milliy iqtisodiyotimizning izchil yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash hamda aholi turmush darajasini oshirishning muhim omili sifatida qaralmoqda. Yangi qabul qilingan dasturga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy muammolar mavjud boʻlgan jami 21 ta ovul va mahallalarda keng koʻlamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar mazkur hududlarda yashovchi aholiga qulay sharoitlar yaratish, ovul va mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy muammolarni bartaraf qilish, pirovardida esa aholining davlatdan rozi boʻlib yashashiga xizmat qilishi shubhasiz.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026