25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 03:37
Jamiyat 👁 373

“KEKSALAR HAFTALIGI”DA NURONIYLARGA EHTIROM KOʻRSATILMOQDA

“KEKSALAR HAFTALIGI”DA NURONIYLARGA EHTIROM KOʻRSATILMOQDA

Joriy yilning 4-10-oktyabr kunlari “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” gʻoyasi ostida mamlakatimizning barcha hududlarida “Keksalar haftaligi” oʻtkazilmoqda. Navbatdagi lavhamiz haftalik doirasida oʻtkazilgan tadbirlardan biri xususida.

6-oktyabr kuni “Keksalar haftaligi” doirasida Toʻlqin ovul fuqarolar yigʻini binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirga hududdagi aholi, yoshlar, jamoatchilik vakillari, nuroniylar va mehnat faxriylari ishtirok etdilar.

Tadbirni Amudaryo tumani hokimi oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yuldashev ochdi va ovul ahlini haftalik munosabati bilan muborakbod etdi. Amudaryo tuman “Nuroniylar” jamoatchilik Kengashi raisi oʻrinbosari Bekman Allaberganov, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Baxodir Boltaboyev, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Shuxrat Matkarimovlar soʻzga chiqishib, tadbir qatnashchilarini Toʻlqin ovul fuqarolar yigʻini binosining taʼmirlanib, foydalanishga topshirilishi va bayram munosabati bilan tabrikladilar.

Tadbir davomida hududda yashovchi keksa avlod vakillarining davlat va jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, oilalarda maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash yoʻlidagi faol ishtiroki uchun Yerimbat Jumaniyozov, Nishonboy Abdullayev, Baxtiyor Jumabekovlarga tashakkurnomalar berildi.

Shundan soʻng ovul imomlari Nishonboy Abdullayev, Gulmirza Qodirov hamda mahalla faoli Toʻliboy Yoʻldoshevlar tumanimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, mahalla hududida olib borilayotgan samarali ishlar toʻgʻrisida gapirib, Toʻlqin ovul fuqarolar yigʻini binosining taʼmirlangani va foydalanishga topshirilgani bilan barchani muborakbod etdilar.

Tadbirda 31-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilari ma Choykoʻl madaniyat uyi xodimlari tomonidan kuy-qoʻshiqlar, raqslar va ijro etilib, tadbirga bayramona ruh bagʻishladi.

Shuningdek, “Gulmon uychi bobo” restoranida mehmonlarga bayram dasturxoni yozilib, bir piyola choy ustida shirin suhbatlar davom etdi.

Tadbir soʻnggida Baxodir Boltaboyev, Bekman Allaberganov, Shuhrat Matkarimov hamda Toʻlqin ovul fuqarolar yigʻini raisi Rashid Abdigaliyevlar hududda yashovchi nuroniylar, xususan,  front orti faxriysi Abduraim ota Abduraxmonov, Jabborbergan ota Ibragimov, Bekbergan ota Eshmurodov, Jangil ona Eshchanova, Bibihojar ona Xoʻjametova, Xolboy ota Xudoyberganovlar xonadonida mehmon boʻlib, “Keksalar haftaligi” munosabati bilan ularning holidan xabar olishdi va  shirin suhbatlaridan bahramand boʻldilar.

Shu kuni Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini hududidagi “Suroj” toʻyxonasida  ham “Keksalar haftaligi” doirasida “Bir piyola choy ustida shirin suhbatlar”, “Diydor shirin” mavzularida hududdagi otaxonlar va onaxonlar bilan davra suhbatlari tashkil etilib, ularning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, shuningdek yosh avlodni xalqimizning koʻp asrlik anʼanalariga hurmat ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirishga qaratilgan “Ehtirom, eʼzoz, eʼtibor” deb nomlangan bayramona musiqiy kecha oʻtkazildi.

Unda nuroniylar bir piyola choy ustida suhbat qurib, tadbir davomida yangragan kuy-qoʻshiqlardan bahramand boʻldilar.

Tadbirni Amudaryo tuman “Nuroniylar” jamoatchilik Kengashi raisi oʻrinbosari Bekman Allaberganov ochdi va hudud ahlini haftalik munosabati bilan muborakbod etdi.

Shundan soʻng Qilichboy ovuli hududida yashovchi Madrim ota Xolimbetov va Yoʻldosh ota Jumamuratovlar nuroniylarga koʻrsatilayotgan hurmat-ehtirom va eʼtibor uchun minnatdorchilik bildirdilar va ovuldoshlarini bayram munosabati bilan tabrikladilar. Tadbir davomida nuroniylarga maroqli kontsert dasturi taqdim etildi. Qilichboy madaniyat uyi xodimlari tomonidan kuy-qoʻshiqlar, raqslar ijro etildi.

Tadbir yakunida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari Baxodir Boltaboyev, Bekman Allaberganov hamda Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini raisi Baxrom Kodirov, “Kelajak liderlari” klubi aʼzosi Nodira Yoʻldoshevalar hududda yashovchi 85 yoshni qarshilagan Enajon momo Yuldasheva va Xizr eli mahallasi hududida yashovchi 106 yoshni qarshilagan Parda momo Bekniyazovalar xonadonida mehmon boʻlishib, “Keksalar haftaligi” bilan onaxonlarni qutladilar.

Muyassar XALILLAYeVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026