14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 22:48
Fan va taʼlim 👁 171

BOShLANGʻICh SINF OʻQITUVChILARI OʻZARO TAJRIBA ALMAShDILAR

BOShLANGʻICh SINF OʻQITUVChILARI OʻZARO TAJRIBA ALMAShDILAR

Sentyabr – Boshlangʻich taʼlim fan oyligi doirasida 1-sonli umumtaʼlim maktabida biri-biridan qiziqarli tadbirlar oʻtkazildi. Xususan, “Matematika – barcha fanlar kaliti”, “Kimning xati chiroyli”, “Yosh rassomlar”, “Yosh matematiklar”, “Mohir qoʻllar koʻrik-tanlovlari tashkil etilib, ushbu koʻrik-tanlovlarda barcha boshlangʻich sinflar oʻquvchilarining ishtiroki taʼminlandi.

2-oktyabr kuni oylik doirasidagi barcha tadbirlar umumlashtirilib, Oʻqituvchi va murabbiylar kuni  bayrami munosabati bilan “Biz Yangi Oʻzbekiston kelajagimiz!” mavzusida yakuniy  tadbir oʻtkazildi.

Fan oyligi doirasida “Kimning xati chiroyli” koʻrik-tanlovida 2-,3-,4-sinflar oʻquvchilari oʻrtasida diktantlar yozish boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi. “Yosh matematiklar”, “Metamatika – barcha fanlar kaliti”, “Mohir qoʻllar”, “Yosh rassomlar” koʻrik-tanlovlari ishtirokchilari turli xil matematik amallarni bexato bajarish, boshqotirmalar yechish, tabiat manzaralarini chizish, oddiy ipak va qogʻozlardan, gazlama qirqimlaridan chiroyli buyumlar yasash boʻyicha bahslashdilar. Mazkur koʻrik-tanlovlar yakunida gʻoliblar aniqlanib, maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, fan oyligi doirasida boshlangʻich sinflar oʻqituvchilari, namunali ochiq darslar tashkil etishdi. Oʻqituvchilar oʻrtasida “Eng yaxshi dars ishlanmasi”, “Eng yaxshi koʻrgazmali qurollar” koʻrik-tanlovlari ham oʻtkazilib, boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining dars oʻtish mahorati, oʻz sinfida devoriy gazetalarni bezatish boʻyicha didi va uslubi sinovdan oʻtkazildi. Har bir sinf oʻqituvchisi tomonidan tashkil etilgan ochiq darsni maktabning boshlangʻich taʼlim uslubbirlashma aʼzolari va malakali oʻqituvchilar, ota-onalar qoʻmitasi aʼzolari kuzatib bordilar.

Tadbirda fan oyligi doirasida faol ishtirok etgan oʻquvchilar, shuningdek, oʻtkazilgan koʻrik-tanlovlar gʻoliblarining nomlari alohida eʼtirof etilib, maktab maʼmuriyati tomonidan ragʻbatlantirildi. Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Eng yaxshi” koʻrgazmali qurollar” va “Eng yaxshi dars ishlanmasi” koʻrik-tanlovlari gʻoliblarining nomlari alohida eʼtirof etildi va munosib taqdirlandi.

Shuningdek, tadbirda “Eng yaxshi devoriy gazeta”ni tayyorlashda faol ishtirok etgan yosh ijodkor-oʻquvchilar ham aniqlandi. Yosh ijodkor-oʻquvchilar ham faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Boshlangʻich taʼlim fan oyligi doirasida maktabda oʻtkazilgan barcha tadbirlar oʻquvchilar va oʻqituvchilarning oylik doirasida erishgan yutuq va kamchiliklari yuzasidan hisobot hamda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi sifatida qayd etildi.

Shu bilan birga boshlangʻich taʼlim fanlari oʻqituvchilari erishilgan yutuqlari boʻyicha bir-birlari bilan tajriba almashib, kamchiliklarini muhokama etdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019