BOTULIZM KASALLIGINING OLDINI OLIŞ BÖYIÇA MAXSUS TAKTIK ÖQUV MAŞQI ÖTKAZILDI
Botulizm – oğir asoratlarni keltirib çiqaruvçi xavfli kasalliklardan biri hisoblanadi. Uşbu kasallik oqibatida ommaviy zaharlanişlar sodir bölib, köp hollarda fuqarolarning ölimiga sabab böladi. Şu bois botulizm kelib çiqişining oldini oliş maqsadida tuşuntiriş-tarğibot tadbirlari muntazam ravişda taşkil etilib boriladi.
Amudaryo tumanida ham şu maqsadda Favqulodda vaziyatlar bölimi tomonidan “Ovqatdan ommaviy zaharlanişlar – botulizm kasalligini oldini olişda FVDT tegişli xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus taktik öquv maşğuloti ötkazildi.
Joriy yilning 4-oktyabr kuni bölib ötgan mazkur öquv maşğuloti Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining Raisi – Fuqaro muhofazasi boşliğining “Qoraqalpoğiston Respublikasi aholisi va hududlarini radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza qiliş bilan boğliq favqulodda vaziyatlar profilaktikasi böyiça körgazmali maxsus-taktik öquv maşqlarini ötkaziş töğrisida”gi buyruğiga asosan taşkil etildi.
Dastlab tuman Tibbiyot birlaşmasida seminar ötkazildi. Tadbirga hamkor taşkilotlardan 44 nafar kişi jalb qilindi. Seminarni Tibbiyot birlaşmasining yuqumli kasalliklar bölimi şifokori Farhod Qöşmanov oçib berdi. Şundan söng, botulizm kasalligi haqida maʼruza qildi. Kasallikning qanday belgilar bilan paydo bölişi va uni davolaş usullari töğrisida tuşunçalar berib ötdi. Seminar davomida Sanitariya epidemiologiya osoyiştalik va jamoat salomatligi tuman bölimi şifokori Durbek Bobojonov ham sözga çiqib, botulizm kasalligining kelib çiqiş sabablari, uning asoratlari va oldini oliş usullari töğrisida hayotiy misollar asosida tuşunçalar berdi.
Seminarda tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularni bartaraf etiş hududiy davlat quyi tizimi va fuqaro muhofazasi faoliyatini taşkil etiş xavfsizlik tarğiboti bölinmasi boşliği Bekzod Tajiboyev ham maʼruza qildi. U öz maʼruzasida yil davomida aholi orasida ovqatdan zaharlaniş bilan murojaat etgan bemorlar, ayniqsa, ular orasida voyaga yetmagan yoşlarning köpçilikni taşkil qilişi, bozorlardagi konserva mahsulotlarini xarid qilişda eʼtibor qaratiş kerak bölgan jihatlar xususida maʼlumot berdi. Şuningdek, uyda qölbola usulda tayyorlanadigan tuzlangan pomidor va bodringlarni saqlaş, isteʼmol qilişdan oldin suvi, taʼmi va hidi özgarmaganligi, özgargan mahsulotlarni isteʼmol qilmaslik kerakligini aholiga keng tuşuntirib boriş lozimligini alohida taʼkidladi. Şundan söng, öquv maşqi iştirokçilariga mavzuga oid eslatmalar tarqatildi.
Öquv maşqining amaliy qismida bozordagi qölbola usulda tayyorlangan tuzlangan mahsulotlar xarid qilib, uyiga olib borgan, isteʼmol qilgan fuqaroga yordam körsatiş tartibi körsatib berildi. Maşq davomida fuqaro özini yomon his qilib, tez tibbiy yordam çaqirdi. U botulizm kasalligiga gumon qilinib, tuman Tibbiyot birlaşmasiga olib ketildi va tibbiy muolaja qilindi. Maşğulot davomida Sanitariya epidemiologiya osoyiştalik va jamoat salomatligi tuman bölimi xodimlari voqea joyini örganişdi. Qölbola usulda tayyorlangan tuzlangan mahsulotlardan namunalar olib, laboratoriyada tekşirişdi. Bozordagi tadbirkorlar, sotuvçilar bilan profilaktik suhbatlar olib borib, eslatmalar tarqatişdi.
Öquv maşqi 57 nafar şaxsiy tarkib va 2 ta maxsus texnikalar iştirokida ötkazildi va tuman favqulodda vaziyatlar davlat qutqaruv tizimi xizmatlariga çeklangan tayyor deb baholandi.
H.MATYoQUBOV, tuman FVB boşliği podpolkovnik.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶