ShIFOKORLAR KEKSALAR HAFTALIGI DOIRASIDA QARIYaLARNI TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZIShDI
“Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” degan gʻoya ostida oʻtkazilayotgan “Keksalar haftaligi” doirasida tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan salomatlik tadbirlari tashkil etilmoqda. Haftalik doirasidagi tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida tuzilgan ishchi guruh tomonidan hududlarda keng aholi qatlamiga qariyalarni qadrlash, eʼzozlash, ularning sogʻligiga eʼtiborli boʻlish, salomatlikni saqlash imkoniyatlari haqida maʼlumotlar berilmoqda.
4-5-oktyabr kunlari Oq oltin ovuli hududidagi 3-sonli, Doʻrman ovulidagi 2-sonli oilaviy poliklinikalarda Tibbiyot birlashmasi tor mutaxassislari, yaʼni kardiolog, lor, okulist, jarroh shifokorlar va hamshiralar bilan birgalikda keksalar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi. Xonadonlariga borilib, keksalarning hol ahvolidan, sogʻligʻidan xabar olindi. Har biri alohida tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, bepul dorilar tarqatildi.
Chordara, Olmazor mahallalarida ham katta yoshlilar, qariyalar holidan xabar olindi va valeolog-shifokorlar T.Saidova, M.Ernazarov, umumiy amaliyot shifokori T.Nurmagambetovalar sogʻlom ovqatlanish, jismoniy faollik haqidagi mavzularda suhbatlar oʻtkazishdi.
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan qariyalarga salomatliklariga doim eʼtiborli, jismonan faol boʻlish, toʻgʻri ovqatlanish tartibiga rioya qilish kerakligi tushuntirilib, muhim tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi.
Jumaboy Yavkashev, TTB valeolog shifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶