Dilkaş xotiralar
Ota-onamizday aziz, barça ustozlarga bağişlayman.
Yuragimda ajib hayajon,
Xotiralar dilkaş şunçalar.
Çorlayverar bağriga hamon,
Bolaligim ötgan köçalar.
Bu köçalar aziz, mukarram,
Poyoni yöq quvonç makoni.
Özligimni aylab muhtaram,
Uluğlagan umrim arkoni.
Bu köçalar maktabga eltgan,
Ilm sari çorlagan mayoq.
Qöllarimga ilk qalam tutgan
Va qalbimga solgan iştiyoq.
Ustozlarning izlari qolgan
Köçalardan boraman ötib.
Hayotimga yoğdular solgan,
Ona maktab turganday kutib.
Köz oldimdan bir-bir ötadi,
Meni “bolam!” degan çehralar.
Qadamlarim sinfga eltadi,
Yoğdulardan olib bahralar.
Ustoz kirar sinfga. Vazmin.
Nigohida mehr suvrati.
Dars boşlanar, yuraklar azmi
Kelajakning yoruğ siyrati.
“Matematik amallar –gözal,
Şeʼriyat”, – der Yöldoş muallim.
Kimyo fani azaliy, azal,
Eng bebaho hayotiy taʼlim:
Davriy tizim – sirli xazina,
Barça unsur unda mujassam.
Formulalar asl ganjina,
Asl nazm ekan, anglasam...
Ana, sinf eşigin oçib,
Kirib kelar Saʼdulla ustoz.
Moziylarni bir-bir uyğotib,
Qalmuxanov va Yovmut ustoz.
Davom etar fizika darsi,
Hayotning çin qonunidir u.
Çorşam ustoz boşlagan bahsli,
Mavzularning davomidir bu.
Nyutondan va Gey-Lyussaklardan,
Arximeddan, garçi, özmadik.
Dovon oşdik. Biz yuksaklardan
Nigohimiz aslo uzmadik...
Ana, Ustoz sinfga boqib,
Ötgan darsni söraydi takror.
Adabiyot mağzini çaqib,
Bizni sinar Abdulla Qahhor.
Voajab! Qalb nurga töladi,
Dilda mehr, ardoqlar bilan.
Sizni el, xalq izlab keladi,
Ustoz, deya söroqlar bilan!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶