“Oila – muqaddas, farzand – aziz!” şiori ostida tarğibot tadbiri ötkazildi
Amudaryo tumanida joriy yil 8 oy holatiga 92 ta oilaviy ajraşişlar qayd etilgan bölib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 42 taga oşgan. Bu kabi salbiy holatlarning oldini oliş, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yanada yaxşilaş, oilaviy ajraşişlarga barham beriş, yoşlarda oilaga bölgan maʼsuliyatni yanada oşiriş bugungi kuning muhim masalasi bölib qolmoqda.
Şu bois, mahallalarda istiqomat qilayotgan oilalarda umuminsoniy va milliy, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş, farzandlarni yuksak odob-axloq tamoyillari asosida tarbiyalaş, ularning ongi va qalbini ğoyaviy tahdidlardan himoya qiliş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi Farmoni ijrosini taʼminlaşga qaratilgan keng qamrovli işlar amalga oşirilmoqda.
Jamiyatning betakror ijtimoiy tuzilmasi hisoblangan mahalla institutini aholining çinakam maslakdoşi va kömakdoşiga aylantiriş, jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining tölaqonli va samarali joriy etilişiga har tomonlama kömaklaşiş, oila institutini mustahkamlaş böyiça, eng avvalo, “Soğlom oila – soğlom jamiyat” ğoyasini hayotga tadbiq etiş maqsadida joriy yilning 25-avgustidan 25-sentyabrigaça “Oila - muqaddas, farzand - aziz!” şiori ostida tarğibot oyligi ötkazilmoqda.
Tarğibot oyligi doirasida Beruniy nomli mahalla fuqarolar yiğinida “Oila - muqaddas, farzand - aziz!” şiori ostida ötkazilgan tadbirda ham oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yanada yaxşilaş, oilaviy nizolarning oldini oliş, yoşlarda oilaga bölgan maʼsuliyatni oşiriş, boy ilmiy-madaniy merosimiz, qadimiy urf-odat va anʼanalarimizni asraş, tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy, ruhiy-axloqiy, iqtisodiy-huquqiy munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birlik hisoblanmiş oila muqaddasligini tarğib qiliş, har bir ota-onaning farzand tarbiyasidagi burç va maʼsuliyatlarini oşiriş maqsadida tarğibot tadbiri ötkazildi.
Unda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boş mutaxassisi Gavxar Çimbayçiyeva, tuman Içki işlar bölimi xotin-qizlar masalalari böyiça katta inspektori Gavhar Utemuratova, tuman xalq taʼlimi bölimi psixologi Tatyana Pirlapesova, 27-sonli maktab psixologi Mavluda Törayeva, Beruniy nomli, Olmazor, Gulzor, Oybek nomli va Böston mahallalari fuqarolar yiğinlari raislarining oila va xotin-qizlar masalalari böyiça örinbosarlari va mazkur mahallalar xotin-qizlari, “Ayollar daftari”da röyxatga olingan, psixologik kömakka muhtoj ayol-qizlar iştirok etdilar.
Tarğibot tadbirida tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boş mutaxassisi Gavhar Çimbayçiyeva sözga çiqib, tumanda 8 oy yakunlariga köra, oilaviy ajraşişlar soni köpaygani öta ayançli holat ekanligini va buning oldini olişda mahallalardagi Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş komissiyalarining faoliyatini yanada jonlantiriş lozimligi, sud yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş organidan nikohdan ajratişga ariza bilan murojaat qilgan er-xotinlarni yaraştiriş uçun tegişli çoralarni köriş zarurligi haqida alohida töxtalib ötdi.
Şundan söng, tuman Içki işlar bölimi katta inspektori, podpolkovnik Gavhar Utemuratova mahallalarda oilaviy nizolar, yoşlar tarbiyasiga eʼtiborsizlik holatlari, fuqarolar, ayniqsa, yoşlarning turli yot ğoyalar taʼsiriga tuşib qolişi, içkilikbozlik hamda giyohvandlik illatlariga berilişi, turli körinişlardagi huquqbuzarliklarning sodir etilişi - oilalar barbod bölişining asosiy sabablaridan biri ekanligi haqida töxtalib, oilalar mustahkamligini taʼminlaşda mahalla va oila hamkorligi, keng jamoatçilik eʼtibori juda muhimligini taʼkidladi.
Şuningdek, tadbirda tuman Xalq taʼlimi bölimi psixologi Tatyana Pirlapesova, 27-sonli umumtaʼlim maktabi psixologi Mavluda Törayevalar ham muzokaralarda iştirok etişib, namunali oilalarning farzand tarbiyasi borasidagi tajribalarini hamda oila aʼzolari örtasidagi ibratli munosabatlarini ommalaştiriş, yigit va qizlarni oilaviy hayotga tayyorlaş, yoş oilalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga kömaklaşiş, oilaning muqaddasligi haqida söz yuritişib, oilaviy munosabatlar buzilişining oldini oliş töğrisida öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tarğibot oyligi doirasida bölib ötgan mazkur tadbirda 27-sonli maktab psixologi Mavluda Törayeva ota-onalarning farzand tarbiyasidagi psixologik bilimlarini oşiriş, farzand tarbiyasiga yetarli eʼtibor bermayotgan ota onalarga yordam körsatişni amalga oşiriş böyiça maşğulotlar olib bordi va zarur yöl-yöriqlar körsatdi.
Risolat IBRAGIMOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶