Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 37-sessiyasi töğrisida axborot
Joriy yilning 10-sentyabr kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 37-sessiyasi bölib ötdi. Sessiya majlisida deputatlar, Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkazuvçi 1-Qoraqalpoğiston okrug saylov komissiyasi raisi Ulugbek Jalmenov hamda komissiya aʼzosi Aysultan Qurbanova, hokimlik masʼullari, huquq-tartibot organlari va bölimlar rahbarlari, fuqarolar yiğinlari raislari va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar.
Sessiya kun tartibida “Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkazuvçi uçastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar tavsiya qiliş töğrisida”gi hamda Kengaş vakolatiga doir boşqa qator masalalar muhokama qilindi.
Ayni kunlarda mamlakatimizda Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik işlari qizğin pallaga kirgan. Amudaryo tumanida ham Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayonlari Saylov kodeksi hamda saylov qonunçiligi talablariga muvofiq amalga oşirilmoqda. Tuman hududida Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkazuvçi 64 ta saylov uçastkalarini tuziş böyiça taqdimnoma berilgan bölib, 1-Qoraqalpoğiston okrug saylov komissiyasi tomonidan şu yilning 24-avgustida saylov uçastkalarini tuziş töğrisidagi qarori qabul qilindi.
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengaşining Qonuniylikni taʼminlaş va korruptsiyaga qarşi kuraşiş masalalari böyiça doimiy komissiyasi raisi Muzaffar Yeşçanovning axboroti tinglandi.
Axborotda taʼkidlanganidek, Özbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 23-moddasida uçastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, jamoat birlaşmalari, korxonalar, muassasalar va taşkilotlar tomonidan taklif etilib, bu nomzodlar xalq deputatlari tuman Kengaşlarining majlislarida muhokama qilinişi hamda tegişli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlaş uçun tavsiya etilişi belgilangan.
Amaldagi qonunçilikka muvofiq saylov kampaniyasi eʼlon qilinganidan keyin fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, jamoat birlaşmalari, korxonalar, muassasalar va taşkilotlar öz taşabbusiga köra yoki Xalq deputatlari tuman, şahar Kengaşlarining takliflariga asosan uçastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar zahirasini şakllantiradi.
Tumandagi 64 ta uçastka saylov komissiyasi aʼzolariga nomzodlar şakllantirilib, ular tarkibi Xalq deputatlari tuman Kengaşining Qonuniylikni taʼminlaş va korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça doimiy komissiyasi tomonidan örganilib çiqilgan.
Qayd etilişiça, uçastka saylov komissiyalari tarkibini şakllantirişda komissiya aʼzolari 21 yoşga tölganligi, örta yoki oliy maʼlumotga egaligi, ilgari saylovlarda qatnaşib, tajriba orttirgani, aholi örtasidagi obrö-eʼtiborga egaligiga hamda komissiya tarkibining yarmidan köpi xotin-qizlardan iborat bölişiga, komissiya aʼzolarining yarmidan köpi bitta taşkilotdan bölmasligiga eʼtibor qaratilgan.
Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Saylov komissiyasi aʼzolarining malakasini oşirişni taşkil etiş haqida”gi qaroriga muvofiq uçastka saylov komissiyalari raisi, örinbosari va kotibligiga nomzodlar uçun 3 bosqiçdan iborat seminar-trening maşğulotlari ötkazilgan.
Sessiya majlisida Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkazuvçi 1-Qoraqalpoğiston okrug saylov komissiyasi raisi Ulugbek Jalmenov hamda komissiya aʼzosi Aysultan Qurbanova joriy yilda ötkaziladigan davlatimiz va xalqimiz hayotida muhim siyosiy voqea – Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi barça darajadagi saylov komissiyalarining zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklaşini alohida taʼkidladi. Mamlakatimizda saylov tizimini isloh qiliş va yanada demokratlaştiriş, uning huquqiy asoslarini mustahkamlaş, milliy qonunçiligimizni saylov huquqiga oid xalqaro standartlarga uyğunlaştirişga alohida eʼtibor qaratilayotgani qayd etib ötildi.
Sessiya kun tartibidagi şu va boşqa masalalar böyiça deputatlar öz fikr – mulohazalarini bildirdilar. Xalq deputatlari tuman Kengaşining 37-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar töliq körib çiqilib, muhokama qilindi. Bildirilgan fikr-mulohazalar hamda takliflarni inobatga olgan holda tegişli qarorlar qabul qilindi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶