NIYaTLARI ULUĞ NAZARXONLIKLAR
Nazarxon – Amudaryoning öng qirğoğidagi aholisi totuv va mehnatkaş, qişloq xöjaligi, tadbirkorlik sohasi jadal rivojlanayotgan obod va farovon göşalardan biri. Yer maydoni, biolxilma-xilligi jihatidan tumandagi boşqa hududlardan keskin farq qiladigan ovul aholisi asosan dehqonçilik, boğdorçilik, çorvaçilik va tadbirkorlik bilan şuğullanişadi.
Bugungi kunda ovul hududidagi Nazarxon, Jalpaq jap, Kökdaryo, Qirq özak, Moyli köl, Bekboy aholi punktlaridagi 795 ta xonadon tarkibidagi 1071 ta oilada 4375 nafar aholi istiqomat qiladi. Özbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman va koreys millatiga mansub aholi vakillarining yarmidan köpi, yaʼni 2405 nafarini yoşlar taşkil qiladi. Hududda 3 ta umumtaʼlim maktabi, 1 ta 200-örinli MTT mavjud bölib, umumtaʼlim maktablarida ovul ahlining salkam 1000 nafarga yaqin farzandlari taʼlim-tarbiya olişadi. Ovuldagi 3-sonli umumtaʼlim maktabi hududdagina emas, tumanimizdagi namunali taʼlim-tarbiya maskanlaridan biri sanaladi. Salkam 700 nafar öquvçi taʼlim oladigan mazkur öquv dargohida 78 nafar malakali pedagoglar ösib kelayotgan yoş avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalaşdek şarafli vazifani sidqidildan ado etib kelişmoqda. Maktabning sinfxonalari, kutubxona va fanlar böyiça laboratoriyalari, maktab hovlisi taʼmirlanib, Bilimlar kuni bayramiga taxt qilib qöyilgan.
Maktab kutubxonasi mudirasi Tozaxon Qidirniyozova rahbarligida öquvçilarning yozgi taʼtil vaqtida mazmunli dam olişlari samarali taşkil etilgani özining ijobiy natijasini berdi. Yozgi taʼtil paytida karantin qoidalariga amal qilgan holda kutubxonada ötkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlar natijasi ölaroq maktab öquvçilaridan ikki nafari – Muhabbat Örinbosarova hamda Navbahor Alimboyevalarning şeʼrlar töplamlari “Taraqqiyot közgusi” gazetasi naşriyotida kitob holida naşr etiş uçun deyarli tayyor qilib qöyildi. Bundan taşqari, maktabning bir guruh ijodkor-yoşlarining şeʼr va hikoyalar töplami ham naşrga tayyorlanmoqda.
Hududdagi 10-sonli MTTda bölganimizda tumanimizdagi boşqa maktabgaça taʼlim taşkilotlaridan farqli bir jihatga eʼtiborimizni qaratdik. Sölim boğ içida joylaşgan muassasa atrofidagi orastalik, saranjom-sariştalik, muassasa xodimlarining öz işlarini heç qanday körsatmalarsiz amalga oşirişlaridan angladikki, 47 nafar xodim mehnat qiladigan jamoada öziga xos tartib-intizom örnatilgan. 4 ta guruhda 240 nafar bola tarbiyalanayotgan muassasa rahbari Aqmaral Atabayevaning şaxsiy taşabbusi va qatʼiyatli iş rejasi asosida amalga oşirilayotgan işlar tufayli muassasada barça qulayliklar mavjud.
Ovulda yoşlar tadbirkorligiga qaratilayotgan eʼtibor tufayli ayni paytda “Temir daftar”, “Yoşlar daftari” va “Ayollar daftari” röyxatlariga kiritilganlar orasida mazkur daftarlar röyxatidan çiqayotgan, özini-özi iş bilan band qiliş tamoyili asosida tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyayotgan fuqarolar talaygina. Ulardan biri S.Atajanova 29 mln. sömlik imtiyozli kredit hisobiga oilaviy tadbirkorlikni yölga qöyganlardan. S.Atajonovaga OFY binosidagi böş turgan xonalardan biri ajratib berilgan. Kredit mablaği hisobiga zamonaviy tikuv maşinalari örnatib, biçiş-tikiş işlarini boşlagan Salimaxon bir yil içida 3 nafar ayol-qizga çevarlik kasbi sir-asrorlarini örgatdi. Ayni paytda ular öz çevarlik ustaxonalarini oçişib, alohida iş boşlaşgan.

S.Atajanovaning çevarlik ustaxonasida ayni kunda 4 nafar ovul yoşlari biçiş-tikiş sirlarini örganişmoqda. Har bir kelgan mijoziga erinmay yangi urf bölayotgan liboslar, ayniqsa, qoraqalpoq milliy naqşlari bilan bezatilgan qoraqalpoq ayollarining ust va boş kiyimlari, bezak naqşlarining maʼno-mazmuni haqida tuşunçalar beradigan Salimaxonning tikkan liboslaridan, muomalasidan mijozlari mamnun. Çevarning doimiy mijozlaridan Klara Atamurodova hamda Zaure Şomurodovalar Mustaqilligimizning 30 yillik bayramiga qoraqalpoq milliy liboslarini buyurtma qilişayotganini, bunday liboslarni Salimaxon mahorat bilan tayyorlab berişini mamnuniyat bilan taʼkidlaşdi.
Ovulda özini-özi band qiliş tamoyili asosida oilaviy tadbirkorligini yölga qöyayotgan yoşlar talaygina. Ana şunday yoşlardan biri Yerejepbay Sipaddinov öz xonadoni yaqinidagi böş turgan taşlandiq yerni obod maskanga aylantiriş maqsadida möʼjazgina dökon binosini qurib, savdo-sotiq işlarini yölga qöydi. Bu tuman markazidan, Nukus şahridan ançagina olis masofada joylaşgan nazarxonliklar uçun yaxşigina qulaylik böldi. 30-Nazarxon saylov okrugidan xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati, Guljahon Ibragimovaning maslahat va beğaraz yordami bilan 30 mln. söm kredit mablaği olib, dökon qoşida ayollar uçun gözallik salonini taşkil etdi. Natijada umr yöldoşi Mehribon Jamolovaning iş bilan bandligini taʼminladi. Zamonaviy hammom qurib, ovuldoşlarining olqişiga sazovor böldi.
Yerejepbayning rejalari katta. U özi obod qilgan taşlandiq yerda ayni paytda qator yangi qurilişlarni boşlab qöygan. Deyarli qurilişi bitib qolgan möʼjazgina binoda mobil telefonlarga tölov xizmatini amalga oşiriş böyiça yana bir iş örnini yaratişga jazm etgan. Bundan taşqari, ovulda töyxona yöqligi, töy-maʼrakalarni hamqişloqlari 40-50 çaqirim olis Nukus şahridagi töyxonalarda ötkazişayotgani agar ovul markazidan qulay yer maydoni ajratib berişsa, töyxona qurilişini boşlaş niyatidaligini bildirdi.
Yerejepbay kabi ovuldoşlariga qulaylik yaratayotgan yoşlardan yana biri “Asilbek” oziq-ovqat dökoni rahbari Jasur Haytekovdir. Jasur Haytekov aholining ehtiyojlarini hisobga olgan holda iş yuritib, dökon peştaxtalarini kundalik sara va sifatli mahsulotlar bilan töldirib qöyganidan xaridorlar mamnun.
“Ayollar daftari” röyxatiga kiritilgan Gulbahor Davletyarova, Nilufar Örozboyeva, Saltanat Qutlimurodovalar ham özini-özi band qilgan yoşlardan. S.Qutlimurodovaga esa tuman hokimligi, mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi hamda Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati G.Ibragimovaning qöllab-quvvatlaşi tufayli yaqinda zamonaviy tikuv maşinasini berişdi. Avvaldan biçiş-tikiş yönalişi böyiça kasbga öqitilgan S.Qutlimurodova öz xonadonidan bir xona ajratib, buyurtmalar qabul qilişni rejalaştirmoqda.

Hududdagi 762 ta xonadonning öz tomorqa xöjaligi, çorvasi va özlariga yetarli parrandasi, boğ-roği bor. Tomorqa yer egalari tasarrufidagi 195 gektar yerning har bir qariçi obod.
Qolaversa, ovulning juğrofiy jihatdan qulay hududda joylaşgani, bir tomoni Amudaryo sohillari, Bekboy töqayi, Qizilqum kengliklari bilan tutaşib ketgani aholining çorvaçilik bilan şuğullanişlari uçun qulay imkoniyat hisoblanadi. Şu bois, ovul xonadonlarining deyarli barçasida yirik şoxli qoramollar, qöy-eçki, hatto quyonlar parvariş qilinadi.
Hududning infratuzilma va kommunikatsiyalari holatini yaxşilaş maqsadida sönggi yillarda amalga oşirilgan çora-tadbirlar tufayli 26 km. uzunlikdagi yöllar taʼmirlandi. 12 km. uzunlikdagi içki yöllarni taʼmirlaş rejalaştirilgan. Elektr energiyasi taʼminoti yaxşilanib, 24 ta transformator holati talablar darajasiga keltirildi. Ayni kunda 250 ta xonadon markazlaşgan içimlik suvi taʼminotiga ega. Aholining qolgan qismi esa yer kranlar va quduqlar orqali sifatli içimlik suvi bilan taʼminlanmoqda.
Hudud aholisini qiynab kelayotgan muammolar ham yöq emas. Xususan, 78 ta xonadonda elektr energiyasi kuçlanişi pastligi uçun yangidan transformator örnatiş, içki köçalarga şağal yotqiziş, Moyli köl aholi punktiga yangidan 2 km. atrofidagi içimlik suvi tarmoğini tortiş, tadbirkorga sunʼiy qoplamali sport maydonçasi, töyxona quriş uçun amaliy yordam körsatiş kabi masalalarni hududdan saylangan deputatlar bilan hamkorlikda hal etiş böyiça yuqori taşkilotlarga muammolar yuzasidan takliflar kiritiş – yiğin masʼullari zimmasidagi masʼuliyatli vazifalar hisoblanadi.
Ovulda Mustaqilligimizning 30 yilligini munosib kutib oliş maqsadida keng qamrovli obodonlaştiriş işlari amalga oşirildi. Fidoyi va mehnatkaş nazarxonliklarning kayfiyatlari baland. Ijodkor, izlanuvçan va tadbirkor yoşlarning orzu-niyatlari esa yanada ulkan. Biz nazarxonliklar huzuridan qaytarkanmiz, ahil va totuv, özaro mehr-oqibatli, mehmondöst ovul ahlining har bir işiga baraka, ezgu niyatlariga omadlar tiladik.
Robiya YÖLDOŞEVA.
Suratlar muallifi M.ŞOMURODOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶