QIPÇOQ OVULIDA ĞÖZA DEFOLIATsIYaSI BÖYIÇA KÖRGAZMALI SEMINAR ÖTKAZILDI
Amudaryo tumanida 2021-yil hosili uçun ğöza maydonlarida agrotexnika tadbirlarini amalga oşiriş hamda paxta yiğim-terim işlariga tayyorgarlik köriş böyiça körgazmali seminar ötkazildi.
23-avgust kuni Qipçoq ovulida bölib ötgan mazkur seminarda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspektsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği örinbosari Bahrom Ismoilov, tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev hamda soha masʼullari, qişloq xöjaligi korxonalari rahbarlari qatnaşdilar.
Mazkur körgazmali seminarda defoliatsiya qiliş işlari 25-avgustdan 4-sentyabrgaça deb belgilandi. Şuningdek, kunlik iş rejalari, mavsumda qöllaniladigan defoliantlar töğrisida mutaxassislar tomonidan zarur maʼlumotlar berildi.
Sözga çiqqan soha mutaxassislari joriy yilda 15030 gektar maydonga çigit ekilganligini, şundan 12430 gektar maydonida defoliatsiya qiliş işlari amalga oşirilişini taʼkidlab ötişdi. Bu böyiça kunlik grafiklari işlab çiqilganligini, 11 kun içida çigit ekilgan maydonlarni «Suyuq XMD» va «Avguron-Ekstra» defolianti bilan defoliatsiya qiliş rejalaştirilganini maʼlum qilişdi.

Maʼlumki, paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni tizimli taşkil etiş, ğöza defoliatsiyasini eng maqbul muddatlarda ötkaziş uçun defoliantlar zahirasini yaratiş, OVX agregatlari va qölda purkagiç apparatlarini mavsumga öz vaqtida tayyorlab qöyiş soha mutaxassislari zimmasidagi masʼuliyatli vazifa hisoblanadi. Şu bois barça paxtaçilik fermer xöjaliklari va qişloq xöjalik korxonalarida mavsumiy işlar öz vaqtida olib borildi.
Taʼkidlaş joizki, mazkur dehqonçilik yilida tumanimizdagi “Amudaryo tex” xorijiy korxonasi paxtaçilik klasteri tomonidan paxta yetiştiriş böyiça 350 ta fermer xöjaliklari bilan şartnoma tuzilgan. Çigit ekilgan maydon – 5030 gektarni taşkil qiladi. Hosildorlikni 27,2 tsentnerga, yalpi hosilni 40950 tonnaga yetkaziş belgilangan.
Bugungi kungaça amalga oşirgan agrotexnik tadbirlar natijasida ğöza qator oralariga işlov beriş 65504 gektar maydonda 436 foizga bajarildi. Ğözani suğoriş kunlik 292 gektar, mavsum boşidan 32876 gektar, maydonda yaʼni 218,7 foiz amalga oşirildi.

Çilpiş işlari böyiça ham tizimli işlar taşkil qilindi. Barça ekin maydonlarida ğözani SO-JE-AN preparati bilan kimyoviy usulda çekanka qilişga katta eʼtibor qaratildi. Buning uçun jami 45 ta OVX lar hamda 110 tadan ortiq ştangali purkagiçlar jal etilib, 18 ta otryadlarga biriktirildi. Çekankaning sifatli olinişini hududiy «Sifat» laboratoriyasi tomonidan sifatli va fartukka oliş işlari alohida nazoratga olindi.
Ğözani çilpiş işlari mavsum boşidan 30060 gektar maydonda, 200 foizga amalga oşirildi. Mavsum davomida barça agrotexnik tadbirlar yuksak saviyada ötkazilib, dalalarda möl hosil yetiştirildi.
Seminar davomida tumanda 2021-yil paxta yiğim-terimi mavsumiga puxta tayyorgarlik köriş va uni optimal muddatlarda amalga oşiriş maqsadida çora-tadbirlar dasturi işlab çiqilgani, terim otryadlari taşkil qiliş hamda ularga tajribali xöjalik faollaridan iborat rahbarlar tayinlaş işlari amalga oşirilayotgani töğrisida söz yuritildi. Rejaga köra, paxta terim işlarini amalga oşirişda 220 ta paxta taşiş texnikalari, 535 ta teleşkalar, 580 ta tarozilari, 580 ta qazon, öçoqlar, 580 ta samovarlar, 870 ta suv saqlaş baklari, 46532 ta etaklar zarur bölişi maʼlum qilindi.
Seminar iştirokçilari defoliatsiya davrida işlatiladigan vositalar, OVX agregatini boşqaruvçi haydovçilar uçun himoya kiyimlari yuzasidan özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdilar. Iştirokçilar tomonidan tuşgan savollarga soha mutaxassislari batafsil javoblar berişdi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶