25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 04:27
Jamiyat 👁 456

Mamlakatimizda maʼnaviyat va maʼrifatni yanada yuksaltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

Mamlakatimizda maʼnaviyat va maʼrifatni yanada yuksaltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

Mamlakatimizda bugungi kunda har bir sohada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi oʻzgarmoqda. Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» degan hayotbaxsh gʻoyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizim yaratishga, xalqimiz, ayniqsa yoshlarni maʼnaviy tahdidlardan himoya qilish borasida tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishga alohida eʼtibor qaratilib, ushbu yoʻnalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligi samarali yoʻlga qoʻyilmoqda.

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samarasi va taʼsirchanligini oshirish, koʻlami va miqyosini yanada kengaytirish, mamlakatimiz aholisi, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirishning yagona tizimini yaratish maqsadida 2021-yil 26-mart sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.

Mazkur hujjat bilan zgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» gʻoyasini keng targʻib etish orqali jamiyatda sogʻlom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish, oila, taʼlim tashkilotlari va mahallalarda maʼnaviy tarbiyaning uzviyligini taʼminlash, targʻibot-tashviqot va tarbiya yoʻnalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha boʻyicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urugʻ-aymoqchilik, korruptsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga masʼuliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi ustuvor yoʻnalishlar belgilandi.

Aytish kerakki, soʻnggi yillarda yurtimiz boʻylab har yili oʻtkazilishi anʼanaga aylangan “Maʼnaviyat festivali” aholining keng qatlamlari, avvalo, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash, milliy urf-odat, anʼana va qadriyatlarning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini har tomonlama ochib berishga xizmat qilmoqda. Oʻtgan yillar davomida festival doirasida qator loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.

Joriy yilda butun mamlakatimiz boʻylab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida oʻtkazilgan “Maʼnaviyat festivali” ham yurtdoshlarimizda ertangi kunga umid, ishonch, Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat tuygʻularini yanada mustahkamladi.

2019-yilni 3-may sanasida mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning taʼsirchanligini oshirish, maʼnaviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatiga yaqindan koʻmaklashish maqsadida  qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, uning hududiy boʻlim va boʻlinmalari tashkil etildi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tumani boʻlinmasi tomonidan sohada amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosini taʼminlash borasida tizimli ishlar qilinmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi”ning mazmun-mohiyati hamda amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan aholining barcha qatlamlari orasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, maʼruzalar, amaliy seminarlar, davra suhbatlari kabi targʻibot tadbirlari tashkil etib kelinmoqda. Umumxalq bayramlari va muhim tarixiy sanalarda taʼlim-tarbiya maskanlari, korxona-tashkilotlarda turli mavzularda uchrashuvlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda. Yoshlarning intellektual bilim va imkoniyatlarini oshirishga alohida eʼtibor qaratilib, yoshlar manaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlar tashkil etilmoqda.

Yurtimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qilishi, shubhasiz.

Mamlakatimizning har tomonlama taraqqiy etishi yoʻlidagi islohotlar bardavom boʻlishini tilagan holda barcha yurtdoshlarimizni jonajon Oʻzbekistonimizning eng ulugʻ, eng aziz bayrami - mustaqilligimizning 30 yilligi bilan  Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tumani boʻlinmasi nomidan samimiy tabriklayman.  

Otabek Yoʻldoshov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tumani boʻlinmasi rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026