21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 21:36
Salomatlik 👁 376

Aholining tibbiyotga oid muammolari oʻrganildi

Aholining tibbiyotga oid muammolari oʻrganildi

Mamlakatimizda aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarni oʻrganish hamda hal qilish borasida mutlaqo yangicha tizim yaratildi. Insonlarning muammoli masalalari masʼullarning diqqat markazida boʻlib, ularga har tomonlama amaliy yordam berilmoqda.

Joriy yilning 12-avgust kuni Amudaryo tuman hokimligida aholining tibbiyotga oid murojaatlarini oʻrganish, muammolarga joyida yechim topish va ularni ijobiy hal qilishga qaratilgan sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

Sayyor qabulda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi boshqarma boshligʻi Farhod Rahimqulov, Oʻzbekiston Respublikasi Virusologiya instituti direktori Botir Tadjiyev, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi Fahriddin Abdullayev hamda aholi vakillari ishtirok etdilar.

Sayyor qabulda masʼullar mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, aholi salomatligini saqlash borasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar xususida soʻz yuritdilar.

Qabul mobaynida fuqarolar tomonidan 15 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning asosiy qismi nogironlik guruhini belgilash, dori-darmon bilan taʼminlanishda, tayanch-harakat aʼzolari, asab tizimi, buyrak va nafas yoʻllari xastaliklaridan davolanishda amaliy yordam soʻrash mazmunida boʻlib, ularning aksariyati qabul jarayonining oʻzida ijobiy hal qilindi.

Sayyor qabul jarayonida aholining muammoli masalalari toʻgʻridan toʻgʻri yechimga yoʻnaltirildi. Ochiq muloqotlarda xastaligi mavjud fuqarolarning har biri xastaligiga qarab ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari hamda respublika tibbiyot muassasalariga shu kunning oʻzida yoʻnaltirilib, zarur tibbiyot amaliyotlari bajarilishi belgilab olindi. Muddat talab qilinadigan muammolar yuzasidan tegishli soha xodimlariga topshiriqlar berildi.

Aytish kerakki, bugungi kunda joylarda aholi bilan bevosita muloqot qilish, mavjud muammolarni joyida hal etish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylangan. Shu maʼnoda, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan muntazam tashkil etilayotgan sayyor qabullar tibbiyot xodimlari zimmasiga ham katta masʼuliyat yuklaydi.

Shundan kelib chiqib, xalq bilan yanada samarali muloqotni yoʻlga qoʻyish, ularning hayotiy ehtiyoj va talablarini yaqindan bilish, xususan, yurtimizda koʻrsatilayotgan kafolatlangan hamda boshqa tibbiy xizmat turlari boʻyicha hal etilmagan muammo yoki takliflarni atroflicha oʻrganib, ularga oʻz vaqtida yechim topish muhim ahamiyat kasb etadi.

Aholi salomatligini tiklash, insonlarni salomatligi borasidagi muammolarini hal qilishga har tomonlama koʻmak berish maqsadida tumanimizda tashkil etilgan sayyor qabulda ishtirok etgan fuqarolar sogʻlik atalmish ulkan boylikni asrab-avaylashda oʻz yordamini ayamayotgan shifokorlarga oʻz minnatdorligini bildirishdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026