Urugʻlik paxta yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni oʻz muddatlarida amalga oshirish boʻyicha seminar oʻtkazildi
Joriy yilning 9-iyul sanasida Amudaryo tumanida 2021-yil hosili uchun urugʻlik paxta yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni oʻz muddatlarida amalga oshirish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi. Seminar Toʻlqin ovuli hududidagi “Ahmedov Rajabboy” fermer xoʻjaligida koʻrgazmali tarzda tashkil etildi.
Mazkur seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Nizamaddin Seytniyazov, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi Qishloq xoʻjalik ekinlari urugʻlari yetirilishini nazorat qilish boʻlim boshligʻi Islom Begjanov, tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻining agrotexnalogiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari Renat Xaytboyev hamda tumandagi urugʻlik paxta yetishtiruvchi 52 ta fermer xoʻjaligi rahbarlari qatnashdilar.
Seminarda urugʻlik paxta yetishtirish borasida tumanda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirildi. Xususan, tumanda 2021-yil hosili uchun 2600 gektar ekin maydonlarida 25 ta fermer xoʻjaliklari tomonidan urugʻlik paxta ekilgan.
Seminar davomida urugʻchilik sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan tegishli mutaxassislarning maʼruza va axbotlari tanglanib, muhokamalar boʻlib oʻtdi. Seminarda urugʻlik paxta ekilgan maydonlarda agrotixnik tadbirlarni zarur talablar asosida oʻz muddatida sifatli amalga oshirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶