UZUMÇILIKNI RIVOJLANTIRIŞGA BAĞIŞLANGAN ÖQUV-TARĞIBOT SEMINAR ÖTKAZILDI
Maʼlumki, amudaryoliklar uçun boğlar barpo etiş, mavjud boğlarni asrab-avaylaş, mevalarning eng sara navlarini yaratiş orqali boğdorçilik madaniyatini yuksaltiriş bobomeros qadriyatlar sirasiga kiradi. Şuning uçun ham tumanimizning qaysi hududiga bormang, serhosil boğ-roğlarga közingiz tuşadi. Ayniqsa, sönggi yillarda davlatimiz tomonidan sohaga qaratilayotgan eʼtibor tufayli tumanimizning eng çekka ovul va mahallalari hududlarida ham biri-biridan sölim boğ-roğlar barpo etilib, sohibkor-u boğbonlarimiz yetiştirgan noz-neʼmatlar xalqimiz dasturxoniga tortiq qilinmoqda.
Joriy yilning 7-iyul sanasida Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev rahbarligida bölib ötgan videoselektor yiğilişida davlatimiz rahbari mamlakatimizda uzumçilikni rivojlantiriş, sohaga yangi, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etiş orqali uzum yetiştirişda sanoat usulida qayta işlaşni taşkil etiş hamda hududlarda ekoturizmni yölga qöyiş böyiça soha mutaxassislariga zarur tavsiyalar berib, yurtimizda azaldan uzumçilik anʼanasini davom ettiribgina qolmay, uni öz şaxsiy tajribalari orqali yanada boyitib, daromad manbaiga aylantirgan sohibkor-boğbonlar tajribasini ommlaştirişni taʼkidlagan edilar. Joriy yil 5-avgust sanasida Ayoqçi mahallasi hududidagi “Otalar çoyxonasi”da Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan taklif va tavsiyalarni sohaga izçil tatbiq etiş maqsadida, şuningdek Buloqboşi tumani sohibkor-boğbonlari tajribasini qöllagan holda uzumzorlarda söritoklar quriş, uzum nihollarining söritoklardagi bağazlar böylab ösişini taʼminlaşga bağişlangan öquv-tarğibot seminari ötkazildi.
Öquv-tarğibot seminari işida Qoraqalpoğiston Respublikasi Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisining örinbosari Duysenboy Oterbayev, Amudaryo tuman Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Ilhom Polvonov, şuningdek tumandagi boğdorçilik va uzumçilik tarmoğiga ega fermer xöjaliklari boğbonlari, qişloq xöjalik korxonalari rahbarlari iştirok etdilar.
Bölib ötgan öquv-tarğibot seminarida uzumçilik böyiça masʼul mutaxassislar Buloqboşi tumani sohibkor-boğbonlari tajribasini tumanimiz şaroitida qöllaş orqali erişiladigan yutuqlar va közlanayotgan natijalar haqida seminar iştirokçilariga keng tuşunçalar va maʼlumotlar berdilar.
Şundan söng, öquv-tarğibot seminari iştirokçilariga Dörman ovul fuqarolar yiğini hududidagi Bahrom Sobirovning tomorqa xöjaligida Buloqboşi tajribasini qöllagan holda söritok taşkil etiş amalda körsatib berildi. Şu bilan birga, söritoklarda yetiştirilgan uzum mevasi oddiy usulda yetiştirilganidan ança serhosil bölişi, mavsum davomida sohibkor-boğbonlar tomonidan uzumzorlarga agrotexnik işlov beriş muddatlari haqida batafsil tuşunçalar berildi.
Seminarda aholi vakillari ham iştirok etişib, uzumçilikni rivojlantiriş, uzum mevalarini qiş oylarida sifatli saqlaş, uzum zararkunandalari va kasaliklariga qarşi kuraşiş yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar.
Iştirokçilar tomonidan berilgan barça savollar yuzasidan masʼul mutaxassislar zarur tuşunçalar va tavsiyalar berişdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶