KARANTIN QOIDALARIGA RIOYa ETILIŞINI TAʼMINLAŞ BÖYIÇA REYDLAR ÖTKAZILMOQDA
Butun dunyoni taşvişga solayotgan koronavirus infektsiyasi sönggi paytlarda turli ştammlar, körinişlarda namoyon bölib, insonlar hayotini xavf ostida qoldirişda davom etmoqda. Ötgan oylar davomida kasallik tarqalişi yanada avj olib, yuqtirayotganlar soni orta boşladi. Şu sababdan yurtimizda karantin çeklovlari kuçaytirilib, umumiy ovqatlaniş muassasalari, kafe va restoranlar, savdo şoxobçalarida xizmat körsatiş vaqtlari qisqartirildi. Şuningdek, kontsert va tomoşalar kabi ommaviy tadbirlarni ötkaziş çeklandi.
2-avgust kuni tuman hududida karantin çeklovlariga amal qilinişi böyiça nazoratni taʼminlaş maqsadida reyd tadbirlari ötkazildi. Uşbu reyd tadbirlarida tuman Içki işlar bölimi profilaktika inspektorlari va boşqa masʼullari iştirok etdilar. Tadbir davomida savdo majmualari, oziq-ovqat dökonlari kiriş qismida niqobda böliş, tana haroratini ölçaş, qöllarni antiseptik bilan zararsizlantiriş amaliyotiga rioya etilişi, kafe va boşqa umumiy ovqatlaniş obʼektlarining belgilangan vaqtlarda, umumiy siğimining 50 foizdan ortiq bölmagan holatda faoliyat yuritilayotgani nazorat qilindi.
Aytiş joizki, şu yil 17-aprel kuni boş vazir Abdulla Aripov Respublika maxsus komissiyasining kengaytirilgan yiğilişida Özbekistonda 18-apreldan koronavirus tufayli joriy etilgan karantin çeklovlari kuçaytirilişi haqida maʼlum qilgan edi. Unga köra Içki işlar, Milliy gvardiya, Sanitariya epidemiologiya xizmati, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimlari masʼullari tomonidan jamoat joylarida niqob taqiş, ijtimoiy masofani saqlaş, şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etiş, qöllarni antiseptik bilan zararsizlantiriş tadbirlari nazoratini kuçaytirişi va qoidabuzarlarga nisbatan qatʼiy javobgarlik çoralari körilişini, jarimalar solinişini taʼminlaşi belgilab qöyildi.
Şunga köra tuman hududida ötkazilgan reyd tadbirlari davomida Manğit şahri markazidagi umumiy ovqatlaniş joylari, kafe va oziq-ovqat dökonlari nazoratdan ötkazildi.
Özbekistonda jamoat joylarida niqobsiz yuriş 2020-yilning mart oyidan boşlab taʼqiqlangan. Niqobsiz yurganlar jarimaga tortiladi. Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasiga asosan, vakolatli organning maxsus talablariga zid ravişda jamoat joylarida niqobsiz böliş bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Joriy yilning 7 oyi davomi tuman hududida 460 fuqarolar karantin qoidalari buzganligi aniqlanib, ularning barçasi jarimaga tortildilar.
Özbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasining şu yil 17-iyul kungi yiğilişi bayonining ijrosini taʼminlaş maqsadida ötkazilgan mazkur reyd tadbirida tumandagi oşxona va kafelarda soat 20:00dan keyin faoliyat yuritib turganlik holati tekşirildi. Tekşirişlar davomida baʼzi kafelar karantin qoidalariga roiya qilmasdan faoliyat yuritib turganligi aniqlanib, çora köriş uçun tegişli hujjatlar rasmiylaştirildi. Şuningdek, tadbir davomida karantin çeklovlari va tartib-qoidalariga rioya etiş, özaro muloqotda oraliq masofa saqlaş, tibbiy niqobda yuriş tartibiga amal qilmaslik holatlarining javobgarlikka sabab bölişi haqida tuşunçalar berildi.
Tumanda koronavirus tarqalişining oldini oliş maqsadida profilaktika inspektorlari tomonidan keng turdagi tarğibot va taşviqot işlari olib borilmoqda. Karantin qoidalariga rioya qilmagan fuqarolarga qattiq çoralar körilmoqda.
Orifjon Qosimov, tuman IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bölinmasi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶