25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 04:46
Jamiyat 👁 294

KADASTR SOHASIDA KORRUPTsION HOLATLARNING OLDINI OLISh MASALALARI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI

KADASTR SOHASIDA KORRUPTsION HOLATLARNING OLDINI OLISh MASALALARI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr Agentligi direktorining  shu yil 14-iyul kuni ZOOM orqali oʻtkazilgan selektor yigʻilishida sohada korruptsiya rivojlanishining oldini olish, unga qarshi kurashish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilanib, topshiriqlar berilgan edi. Shunga koʻra Kadastr Agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan hududlarda uchrashuvlar tashkil etilib, korruptsiyaning salbiy oqibatlari, bu boradagi qonunlar, davlat hujjatlari xususida keng tushunchalar berilmoqda.

31-iyul kuni Kadastr agentligi Amudaryo tuman boʻlimida mazkur masala yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda Kadastr Agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi masʼullari Ozod Eshchonov, Mahmud Uzoqboyev, Rasul Zivaddinovlar ishtirok etib, Prezidentning 2019-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va unga koʻra tasdiqlangan “2019-2020-yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Davlat dasturi” va qonunchilikda kiritilayotgan oʻzgarishlarning mazmun-mohiyati xususida soʻz yuritildi.

Yigʻilishda taʼkidlanganidek, huquq ustuvorligiga putur yetkazadigan, inson huquqlarini buzilishiga olib keladigan va jamiyat ravnaqiga toʻsqinlik qiladigan illat bu – korruptsiya hisoblanadi. Ushbu illatga qarshi kurashish maqsadidagi Prezidentning mazkur Farmoniga muvofiq 2019-2020-yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi tasdiqlangan boʻlib, uning asosiy vazifasi korruptsiyaga doir huquqbuzarliklarga zamin yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarga qarshi keskin choralar koʻrgan holda kurashishdan iborat. Undan tashqari, Prezidentimizning 2020-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish Agentligi tashkil etildi va Agentlikning korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha vazifa va vakolatlari belgilab berildi.

Xususan, masʼullar korruptsiyaning xavf-xatarlarini tahlil qilish va aholining keng qatlamlarini xabardor qilish, huquqiy ongini oshirish, ommaviy axborot vositalari orqali tashviqot ishlarini amalga oshirish lozimligini taʼkidlashdi. Shular bilan birga, jamiyatimizda fuqarolarning huquq va manfaatini koʻzlab norma ijodkorligida koʻplab oʻzgarishlar boʻlayotganini  alohida eʼtirof etishdi. Shuningdek, yer ajratish tizimida korruptsiyaga qarshi kurashish va bu boradagi qonunchilik asoslari boʻyicha tizimda olib borilayotgan ishlar hamda sohadagi oʻzgarishlar va yutuqlar, korruptsiyaga qarshi kurash bugungi kunning dolzarb masalasi va soliq borasida amalga oshirilayotgan ishlar borasida soha mutaxassislari tomonidan maʼlumotlar berildi.

Yigʻilishda korruptsiyaga qarshi kurashish borasida davlat tomonidan qabul qilingan hujjatlar boʻyicha xodimlar oʻrtasida tushuntirishlar va targʻibot tadbirlarini muntazam ravishda tashkil etish, sohada korruptsion holatlarning oldini olish, ochiqlik va shaffoflik printsiplarini taʼminlashda kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik kerakligi taʼkidlandi. Shu bilan birga, korruptsiyaga qarshi kurashish samaradorligini tubdan oshirish boʻyicha belgilangan vazifalar, sohada korruptsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning taʼsirchan tizimini yaratish bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanligi alohida eʼtirof etildi.

Shundan soʻng, yigʻilish ochiq muloqot shaklida, yaʼni savol-javob tarzida davom ettirildi. Yigʻilish ishtirokchilarining savollariga masʼullar tomonidan batafsil javoblar berildi.

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026