25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 08:46
Jamiyat 👁 251

TANDIRI, OʻChOGʻI, DASTURXONI BIR BOʻLGAN XONADON

TANDIRI, OʻChOGʻI, DASTURXONI  BIR BOʻLGAN XONADON

Hayot goʻzal, shu bilan birga uning soʻqmoqlari past-u baland, sirli-sinoatli. Inson hayot goʻzalliklaridan bahra olib yashash, past-u baland soʻqmoqlarida adashmaslik uchun uning sirli-sinoatli, sinovli damlariga sabr-toqat qilib, bu sinovlardan mardona oʻtsagina koʻzlangan manziliga yetadi. Shuning uchun ham ota-bobolarimiz bekorga: “hayot – matonat maydoni, oila esa mashaqqatli turmushning farogʻat maskani”, – deyishmagan.

Agar taʼbir joiz boʻlsa, Boʻzyop ovulida istiqomat qiluvchi Yangiljon eje bilan Alloh rahmat qilsin Tirkesh ogʻa Chovdirovlar birgalikda qurgan oila qoʻrgʻoni bugungiday obodon, huzur-halovat va farogʻat maskaniga aylanguniga qadar er-u xotin turmushning  qanchalab mashaqqatli dovonlaridan oshdilar, sabr suvini ichib, turmushning zalvorli yukini yelkalab yashadilar.

Asli kasbi veterinar-vrach boʻlgan Tirkesh ogʻaning ham, Yangiljon ejening ham  yoshlik davri sovetning kolxozida  ishlash bilan oʻtdi. Sobiq sovet kolxozining sut-tovar fermasida veterinar-vrach, keyinchalik sut-tovar fermasi mudiri vazifalarida ishlagan Tirkesh ogʻa el uygʻonmasdan fermaga otlanar, unga, albatta, ayoli Yangiljon hamroh boʻlardi. To tong otguncha 10-15, baʼzan 20  talab sigirni sogʻib, kundalik sut sogʻish boʻyicha belgilangan rejani oshirib ado etgan Yangiljon po-yu piyoda uyiga qaytar, biri eshikda, biri beshikda boʻlgan bolalariga, qaynona-qaynotasiga nonushta tayyorlardi.

Sobiq ittifoq davridagi kolxoz ishchisining na dam olish kunlari, na bayramlari boʻlgan emas. Tong otmay fermaga  yumushga ketgan sut sogʻuvchi bir amallab nonushtasini qilib, bolalaridan, roʻzgʻoridan xabar olgach, kuni boʻyi molxonada tozalash, tartibga keltirish, ozuqa jamgʻarish kabi ishlar bilan band boʻlar, to kechki sogʻin tugab, kunlik sut sogʻish rejasi bajarilmaguncha fermada qolib ketardi.

Ana shunday mashaqqatli mehnat bilan kechgan turmush soʻqmoqlarida toblangan Tirkesh ogʻa bilan Yangiljon eje bugungi farogʻatli oila maskanini bunyod etgunlariga qadar tinib-tinchishmadi.

Turkman millatiga mansub bu xonadonning bobomeros anʼanalari asosida voyaga yetgan toʻrt oʻgʻil va ikki qiz, 20 nafardan ortiq nevara-yu chevaralar bilan bugun Tirkesh ogʻa nafasi qolgan oila yanada fayzli.

Turkman va oʻzbek xalqlarining urf-odat va anʼanalari biri-birini toʻldirib, uygʻunlashib ketgan bu katta xonadon aʼzolarining barchasi hamon bir dasturxon atrofida jam boʻlishib, bitta oʻchoq va bir tandirga olov yoqisharkan. Shundoq ovulning guzar yoʻli boʻyiga imorat tiklagan oʻgʻillar-u kelinlar har kuni nonushtada, tushlik va kechki ovqatda Yangiljon eje atrofida parvona. Kelinlarni aytmaysizmi, Dildorxon kelin chevar tikuvchi, Sevaraxon bogʻbon, Jamilaxon 10-sonli maktabda amaliyotchi-psixolog, Ulboʻlsin pazanda uy bekasi. Xuddi tugʻishgan opa-singillarday biri-biriga evrilib turishlarini koʻrsangiz, toʻrttala  kelinning ham tadbirli, xushmuomala va xushchehra qaynona – Yangiljon ejedan rang olganlarini anglash qiyin emas.

Biz ijodiy guruhimiz bilan bu xonadonda boʻlgan kunimiz iyd-Qurbon munosabati bilan Yangiljon ejening kelinlari, ovsinlari, nevaralari jam boʻlishib, turkman millati anʼanalariga koʻra boʻgʻirsoq va chalpak saylini tashkillashtirishayotgan ekanlar. Boʻgʻirsoq va chalpak pishirishdan oldin, hayit xamirlari oshgungacha ejejonning kelin va nevaralari turkmancha raqslar ijro etishib, bir-birlarini hayit bilan tabriklashdi. Bizning  iltimosimizga koʻra, turkmancha kelin salomlar, aydimlar aytib berishdi. Oiladagi yangi kelin turkman millatining azaliy anʼanalariga koʻra, yangi tushgan kelinchakning onasi: “yangi uyda bir ildizday chirmashib ket”, maʼnosida qizlarining boshiga soladigan katta “poʻta” – turkmani roʻmolni taʼriflab berdi. Oʻta nafis, jilvali naqshlar solingan ushbu turkmani “poʻta”ni qiz uzatadigan ona bir necha oylar davomida toʻqir ekan. Haqiqiy jun ipdan toʻqilgan bejirim paypoqlar, quroqli dasturxon, hafsala bilan toʻqilgan gilam sumkacha, milliy liboslar – barcha-barchasida ayol zotining oʻz qavmiga, umr yoʻldoshiga cheksiz mehr-muhabbati mujassam ediki, bu katta xonadondagi oʻzaro mehr-oqibat, halollik va fidoyilik oʻziga xos oila tutumlariga dilimizda hurmat va havas uygʻotdi.

Nazarimizda Allohning irodasi bilan hayotdan ertaroq ketgan Tirkesh ogʻa oʻzi hayotlik chogʻidayoq oʻgʻil-qizlari qalbida mehnatkashlik, oʻzaro mehr-oqibat, samimiyat hissini uygʻotgan va ana shu odamiylik tuygʻulari bois, hamon toʻrt oʻgʻilning farzandlari har kuni, har soatda Yangiljon eje atrofida jam-ul jam.

Bogʻbon kelin bogʻ yumushlarini ovsinlari bilan bajarishga oʻrganib qolgani kabi aka-ukalar doimo biri-biriga yelkadosh. Bogʻning bir burchagida sholi oqlaydigan va bugʻdoy yanchadigan tegirmonlar faoliyatini yoʻlga qoʻygan aka-ukalar uchun katta xonadonning chorvasi-yu parrandasi, bogʻ-rogʻi-yu ekin-tikinlari parvarishida umuman muammo yoʻq.

Veterinariya sohasi boʻyicha yetuk mutaxassis Azimjon Chovdirovning xizmatidan eldoshlari mamnun, muhimi, Yangiljon ejening biri-biridan aqlli va tadbirkor oʻgʻillari, ularga yaqin koʻmakdosh toʻrtta kelin va yigirma nafardan ziyod nevaralarining epliligidan bu xonadon hamisha fayzga toʻla. Ayniqsa,  kelinlarning aql-farosatidan koʻnglimiz toʻlganini yashirmaymiz. Rosti, turkman oilasiga kelin boʻlish oson emas. Yangi kelin to qaynona-qaynotasi ruxsat bermagunlaricha nimaiki gapi, istak-xohishi boʻlsa, oilaning kichkintoylari orqali kattalarga yetkazishi, koʻplab turkman  oilalarida yangi kelin bir-ikki farzandli boʻlgunga qadar “tilmoch”lar orqali muomalaga kirishishi, nazarimizda, oila qurgan yoshlarning tilini tiyib yurishlari, xonadon tutumlarini sabr-toqat bilan ado etishlari uchun sinov va imtihon ediki, Yangiljon ejening kelinlari aynan ana shu imtihondan muvaffaqiyatli oʻtganlari uchun ham qaynonaning sandigʻida qulf-kalit yoʻq, toʻrtta oʻgʻilning xonadoni va tomorqasi obod, bogʻ-rogʻi yashnagan, chorva-yu parrandaning sanogʻida ham, sifatida ham baraka bor.

Bu xonadondagi ogʻzibirchilikni doimo boshqalarga oʻrnak qilib koʻrsatadigan Boʻzyop OFY raisining oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Gulzodaxon Kobeyeva hududdagi baʼzi oilalarda arzimagan masalalarda talashib-tortishadigan kelinlar, baʼzi kuyovlar uchun har qaysisining imorati alohida boʻlsa-da, koʻngillari tugʻishganlik mehriga limmo-lim Yangiljon ejening xonadonini doimo ibrat qilib koʻrsatishini mamnuniyat bilan eʼtirof etdi. Biz esa beixtiyor:

– Yangiljon eje, har kimga sizning yoʻlingizni bersin, ilohim! – dedik chin dildan

Toʻrt oʻgʻil toʻrt joyda makon tiklagan,

Orzu-umidlari bisyor ba-rining,

Biri bobo, birlari momo boʻlgan,

Farzandlar beqiyos rangi MEHRning.

 

Bir tandir, oʻchoqda yonadi olov,

Bitta dasturxonda nasiba-lari.

Kelinlar yuzida ibo bor – lov-lov

Har biri xonadon habiba-lari.

 

Omon boʻlsinlar-yey, qoʻl-lar duoda,

Ajib tutumlardan obod xonadon.

Bundan ulugʻ baxt yoʻq, asli dunyoda,

Barcha Sizday boʻlsin, Yan-gil ejejon!

Robiya YOʻLDOShEVA,

suratlar muallifi M.ShOMURODOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026